Yakshanba, 27.05.2018, 08:00

"Toshkent Davlat Yuridik Instituti"

TSIL "Law 3"
Bookmark
i-Cloud
So'rovnoma
Qaysi futbol klub fanatisiz ?
Total of answers: 49
Visitors
Statistika

Total online: 1
Guests: 1
Users: 0

Каталог файлов

Main » Files » 1 kurs » Madaniyatshunoslik

Sharq uyg’onish davri madaniyati
31.10.2011, 08:07
1. "Uyg’onish davri" tushunchasi. Markaziy Osiyo Rennessansi va uni davrlashtirish muammolari.

2. IX-XI asrlarda ijtimoiy - siyosiy, iqtisodiy va madaniy xayotda yuz bergan o’zgarishlar.

3. Temur va Temuriylar davri madaniyati (XIV asrning ikkinchi yarimi-XV asr).




Sharq Uyg'onishi, Sharq Renessansi xaqida gap ketganda turli soxa olimlari-tarixchilar, adabiyotshunoslar, madaniyatshunoslar va san'atshunoslar bu masalaga befarq bo'lmaganlaridek, qarashlar xam asosan ikkiga bo'linadi. Uyg'onish atamasi (italyancha-fransuzcha-Renaissans-Uyg'onish) ni dastavval shu madaniyat soxiblari-italyan gumanistlari ishlatganlar jumladan italiyalik yozuvchi J. Bakachcho bu atamani Djotto ijodiga qarata, «u antik san'atni uyg'otdi» deb birinchi bor ishlatgan edi. Butun bir davrni anglatuvchi tushuncha sifatida san'at tarixchisi J. Vazari (1511-1574 y.) tarafidan uning «Mashxur san'atkorlar xayotidan lavxalar» kitobida (1550) tilga olingan. Bu tushuncha birinchi paytda antik madaniyat an'analarini Italiyada «ming yillik yovvoyilikdan so'ng» tiklanishini anglatib, so'ngroq ilmiy tadqiqotlarda keng ishlatila boshlandi. YA. Burxart Uyg'onish (Renessans) ni aloxida tipdagi madaniyat deb baxoladi. Masalaga qiziqish ortib, ilmiy izlanishlar ko'paya borgani sayin Uyg'onish tushunchasi, bu davr madaniyatining xronologik va geografik chegaralari, uni davrlashtirish xususida ziddiyatli, turlicha fikrlar bildirila boshlandi. Y. Xeyzing o'zining «o'rta asrchilikning kuz fasli» asarida Uyg'onish davri-o'rta asr madaniyatining intixo davri deb xisoblasa, boshqa olimlar Uyg'onish davri yangi davr madaniyatining boshlanishi deb sanaydilar. Ko'pchilik olimlar Yevropa Uyg'onish klassik tarzda davrlashtirib u XIV-XVI asrlarga xos deb bilsalar, boshqalar Uyg'onish madaniyatini bir muncha ilgariroq XII asr – Karolinglar Renessansidan boshlab, Ispaniya, Italiya shimolidagi mamlakatlardagi (Shimoliy Uyg'onish) Uyg'onishni XVII asr bilan yakunlaydilar.

1950 yillarning o'rtalaridan e'tiboran «Sharq» Uyg'onish davri masalasida jiddiy munozara baxs ketdi. Xitoy madaniyati tarixi taxlilida akademik N. Konrad Uyg'onish davrini qadimgi, o'rta asrlar singari insoniyat sivilizatsiyasining barcha mintaqalariga xos umumbashariy xodisa deb qaraydi. Umumjaxoniy jarayon xisoblagan Uyg'onish Sharqda (Xitoy) VI-VIII asrlarda boshlanib, ¢arb sari siljigan va XIV asrda Yevropa xodisasiga aylangan. Uyg'onishning bunday talqiniga qarshi bu xodisa turli mamlakatlarda mintaqaviy, ayrim ko'rinishlarda amal qilishi mumkin, lekin u umumjaxoniy fenomen bo'lishi mumkin emas, deb xisoblovchilar xam bor. Uyg'onish davri Xitoyda (Konrad), Kuriyada (Ten), Eron-Tojikistonda (Braginskiy, Nikitin), Xindistonda (Selishev), Turkiyada (Mellov), Armanistonda (Chaloyan), Ozorboyjonda (Gajiev), Gruziyada (Nutsubidze, Natadze) kechkanligi xaqida ayrim ma'lumotalar keltiriladi. Ayni choqda xar ikki qarash tarafdorlarini Yevropa Uyg'onish davrini mutlaqo betakror xodisa deb qarovchi mualliflar (A. Losev, M. Petrov) jiddiy tanqid qiladilar.

O'zbekistonda Sharq Uyg'onish davri masalasi maxalliy materiallarni umumlashtirgan xolda yetarli ishlanmagan. Markaziy Osiyo mintaqasidagi Uyg'onish xaqida gap borganda IX-XII asrlar avvalo xorijiy madaniyat va qaror topgan islomiy eti'qodga nisbatan rivojlangan va boyigan qadimiy madaniyat negizida milliy Uyg'onish deb qaralmog'i lozim. Markaziy Osiy uzoq yillik tarixida ko'p bosqin va talonchiliklarni ko'rdi, ularga qarshi ozodlik va mustaqillik uchun kurash olib bordi. xaqiqat shundaki, xar bir bosqindan so'ng milliy davlatchilik va madaniyat tiklandi. Mustaqillikka intilish g'oyasi va xarakati o'zga xalqlar tomonidan yaratilgan madaniyatlarni inkori emas. Markaziy Osiyo madaniyatida umuminsoniy axamiyatga molik jamiki madaniyat yutuqlari ijodiy uyg'unlashganidek, ayni paytda mintaqa madaniyati boshqa xalqlar madaniyatlariga samarali ta'sir ko'rsatdi va ularni boyitdi.

Mavjud adabiyotlar va fikrlar taxlili asosida Markaziy Osiyodagi xalqlar Milliy madaniy Uyg'onishni uch davrga bo'lishi mumkin:

1. IX-XII asrlar- arab bosqinidan keyingi davr.

2. XIV-XV asrlar mo'g'ul istilosidan keyingi davr.

3. XX asr boshi va xozirgi davr kolonial bosqin va Sovet davridan keyingi siyosiy, milliy, madaniy Uyg'onish.

Mustaqillik va milliy madaniyat Uyg'onish xodisalari moxiyatan, ichki jixatdan uzviy bog'liq bo'lib, bu xususda akad. M.M. Xayrullaev shunday yozadi: «Mustaqillik va Uyg'onish, Mustaqillik va yuksalish uzviy bog'liqdir, u bizdan aql-idrokni, bilimni, istedodu qobiliyatni, faollikni, kuch-g'ayratni talab etadi» .

Markaziy Osiyoda Uyg'onish davri madaniyatining belgilari quyidagicha:

• dunyoviy ilmlarga intilish, din va diniy bilimlarni jamiyat, insonlar manfaati nuqtai nazaridan talqin etish;

• Turli xalqlarning ma'naviy-madaniy merosi o'tmish madaniy qadriyatlaridan (arab, eron, yunon madaniyati boyliklari) foydalanish;

• Tabiatni, mavjud xayotni, mavjudotni o'rganishga qiziqishning kuchayishi, uning sirlarini ochishga va undan foydalanishga intilishning ortib borishi, shu munosabat bilan tabiatshunoslik ilmlarining rivojlanishi;

• Bilishda aqlni mezon deb bilish, aqliy bilish, ratsionalistik usul, ilmiylik rolining oshib borishi;

• Insonga muxabbat, uning axloqiy, aqliy xislatlarini, qobiliyatlarini o'rganish va fazilatlarini ochib berishga intilish, mantiq ilmiga katta e'tibor berish, komil insonni tarbiyalash, yetuk fozil jamoa xaqidagi fikrlarni asoslab berish;

• Diniy tasavvur, diniy ta'limotlar rivojida diniy-axloqiy mavzuning ustunligi, inson xulqi, manfaatlarining diniy g'oyalarda yetakchi mavzuga aylanishi, ichki ma'naviy kamolot, Olloxga sub'ektiv ichki mukammallashuv, ma'naviy-ruxiy ko'tarilish, yuksalish yordamida erishuv va uning sifatlariga muyassar bo'lishga qaratilgan faoliyat;

• Og'zaki va yozma so'zga katta e'tibor, uning ijtimoiy-axloqiy qudratini kuylash, ta'riflash, she'riyat, filologiya, badiiy madaniyatning yuksak rivoji, so'z san'ati, ritorika bilan shug'ullanish madaniylikning muxim belgisiga aylanib qolishi.

IX-XII asrlarda Markaziy Osiyo mintaqasida madaniyat yuksalishi parvoz bosqichga chiqqanligi to'g'risida gap borar ekan, ayni shu xudud jaxonni xayratga solgan buyuk mutafakkirlarni yetishtirib berganligi, ilm-ma'rifat, betakror kashfiyotlar beshigi- tarixda «Musulmon madaniyati», «arab madaniyati» deb nomlangan tushunchalar bilan baxolangani bejiz emas. o'rta asr tarixchilari va sayyoxlari ushbu davrda Markaziy Osiyoda iqtisod, savdo o'sganligi, ko'rkam shaxarlar qad ko'targanligi, ilm-ma'rifat gurkirab rivojlanganligi xaqida ma'lumot beradilar. Monumental me'morchilik, tasviriy san'at, musavvirlik va musiqa san'ati beqiyos darajada rivojlangan, kutubxonalar faoliyat ko'rsatgan . O'sha paytda «Buxoroda baland tosh devorlar bilan o'ralgan saroylar, turli rasmlar bilan bezatilgan mexmonxonalar, moxirlik bilan barpo etilgan bog'lar, xiyobonlar, xovuzlar» mavjud bo'lganligi xaqida manbalarda qayd etiladi. Abdul Vafo al Buzjoniy o'zining «Geometrik qoidalarning xunarmandlarga kerakli tomonlari xaqida» asarida turli geometrik usullar yordamida xar xil naqshlar, bino bezaklari yasash yo'llari, quruvchi ustalarning tajribalari, badiiy usullari xaqida xikoya qiladi. Boshqa manba'larda bu davrdagi tasviriy va musvvurlik san'ati, xususan portret chizish xaqida ma'lumotlar keltiradi .

Arxeologik qazilmalar va qo'lyozma manba'lardan ma'lum bo'lishicha o'sha davrda musiqa va musiqashunoslik xam keng rivoj topgan va u matematika ilmining tarkibiy qismi sanalgan. Mazkur davrning buyuk olimi Abu Nasr Farobiy musiqaning nazariy asoslari, kuylar, asboblar, musiqa madaniyatining mezonlari, atamalari taxliliga bag'ishlangan «Katta musiqa» kitobining muallifidir. («Kitob al musiqi al Kabir»). o'rta asr musulmon sharqi musiqa nazariyasiga bag'ishlangan ushbu kitob 2 qism, 3 kitobdan iborat bo'lgan. Farobiy «Katta musiqa» dan tashqari «Musiqa xaqida so'z», «Ritmlar tartibi xaqida kitob», «Ritmga qo'shimcha qilinadigan siljishlar xaqida» asarlarining xam muallifidir.

Uyg'onish davri madaniyatining buyuk namoyondalari o'z ijod, izlanishlarida bevosita qadimgi madaniyat merosga tayandilar. Avvalgi ma'ruzada Markaziy Osiyo xalqlarining qadimgi yunonlar, rimliklar, mesopotamiyaliklar, xindistonliklar va xitoyliklarning madaniyati bilan yaqindan tanish bo'lganligi, bu tillarni yaxshi bilganliklarini qayd etgan edik. Yurtni xarobaga aylantirgan, madaniy yodgorliklarni xonavayron qilgan, ilm axllarini quvg'in etgan (Ibn Kutayba) arab bosqiniga qaramay, qadimgi boy madaniyat izsiz yo'qolmadi. Islom butun madaniyatga, tilga, udum-an'analarga ma'lum darajada o'z ta'sirini o'tkazgan bo'lsada, uning moxiyati o'zgarmadi. Bu xalqimizga xos ezgulik, mexr-shafqat, insonparvarlik, xayr-muruvvat, oqkungillik, bag'rikenglik, ilmga tashnalik, o'zga xalqlarga ishonch extirom fazilatlaridir. Yunon, Xind, Xitoy madaniyatini juda yaxshi bilgan Markaziy Osiyoning ilm axligina o'zga xalqlarni boshqalar madaniyati bilan yaqindan tanishtirishi mumkin edi. Shuning uchun xam mashxur matematik al-Xorazmiy xindlarning xisob tizimini, Farobiy Yunonistonlik Arastuning falsafiy ta'limotini, Ibn Sino Gippokrat tibbiyotini yangi davrda yangi bosqichga ko'tardi, imom al-Buxoriy islomiy ta'limotni asosladi Muxammad Payg'ambardan keyingi ikkinchi shaxsga aylandi.

Uyg'onish davrida milliy madaniyatni yuksaltirishga e'tibor davlat siyosati darajasiga ko'tarildi. Mustaqillikni qo'lga kiritgan Somoniylar shajarasining birinchi xukmdorlari milliy madaniy qadriyatlarni barqaror etmasdan turib to'la davlat mustaqilligiga erishish mumkin emasligini angladilar. Jumladan, ona yurt madxi bu davrda shu darajaga ko'tariladiki, zardo'shtiylik eslanmay qoldi. Arab yozuvida badiiy ijodni ta'qiqlamagan xolda, samoniylar oddiy xalq anglaydigan tilda yozgan mualliflarni to'la qo'llab-quvvatladilar. Somoniylar nafaqat adabiyot axliga, barcha olimlarga xomiylik ko'rsatib, Sheroz kutubxonasi bilan raqobat darajasida bo'lgan ulkan kutubxonani asosladilar. Ulug' alloma ibn Sinoning xotirlashicha, kutubxona ko'pxonali bo'lib, xonalarning birida arab kitoblari, she'rlari boshqasiga fikxga oid kitob taxlangan. Shu tartibda xar bir xonada fanning ma'lum soxasiga doir kitoblar jamlangan.

Kitob yozishning kuchayishi, xattotlik san'atining, uni bezash, naqshlar bilan ko'rkam qilish musavvirlik san'atining rivoj topishiga olib kelgan.

Umuman bu davrda qo'lyozmalarni ko'chirish, tayyorlash, to'plash madaniy xayotning muxim soxasiga aylangan. Ma'lumki, asar faqat qo'lda bir nusxadangina yozilar edi. Bosmaxona esa bir necha asrdan so'nggina paydo bo'lgan. Yozilgan asarni nusxasini ko'paytirish, boshqalarga yetkazish, undan nusxa olish zarur edi. Shuning uchun nusxa ko'chirish, asarni ko'paytirishga katta e'tibor berildi. Asta-sekin maxsus nusxa ko'chirish san'ati va xunari shakllandi, shu tufayli bir joyda yozilgan asarlarni boshqa shaxar, o'lkalarida tarqatish imkoni vujudga keldi.

Maxsus nusxa ko'chirish bilan shug'ullanuvchilar, xusni xat soxiblari paydo bo'lib, ular buyurtma yoki sotish uchun asarlardan nusxa ko'chirish bilan shug'ullanganlar. Kitobdan nusxa ko'chirish, kitob savdosining keng yo'lga qo'yilishi xamda ma'rifat axlini tinimsiz faoliyati tufayli Buxoro, Samarqand, Marv, Nishopur, Bag'dod, Damashq singari shaxarlarda katta kutubxonalar vujudga keldi. Bozorlarda kitob rastalari ko'paydi, kitob savdosi, uni tarqatish bilan shug'ullanuvchilar faoliyati kengaydi. Markaziy Osiyoga Bag'dod, Misr, Eron va Ispaniyaning turli shaxarlaridan qo'lyozmalar keltirilib, yurtdoshlarimizning qo'lyozma asarlari boshqa o'lkalarga olib ketiladigan bo'ldi .





1. Temur va temuriylar davri O'rta Osiyo madaniyatida aloxida davrni tashkil qiladi. Madaniyat tarixida klassik davr xisoblangan bu davr xususan, o'zbek madaniyatining bugungi xuquqiy joylashuvida asos bo'lib xizmat qiladi. Avvalo, bu davr madaniyati Temur asos solgan kuchli davlatchilik tamoyillari asosida shakllangan ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot bilan bog'liqdir.

Amir Temur davrida O'rta Osiyoning mustaqil bir davlat qilib birlashtirilishi mamlakatning iqtisodiy-madaniy taraqqiyotiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Ilm-fan, adabiyot va san'at, xunarmandchilik va me'morchilik ravnaq topdi. Mamlakat va poytaxt Samarqandning obodonchiligi yo'lida maxalliy va chet mamlakatlardan ko'plab fan va san'at axllarini, xunarmand me'morlarni va musavvirlarni to'pladi.

Temur markazlashgan davlat tuzish jarayonida ishlab chiqarishga, xususan qishloq xo'jaligiga aloxida e'tibor berdi. O'rta Osiyoda qishloq xo'jaligi sun'iy sug'orishga bog'liqligini yaxshi tushungan Temur Angor kanalini qazdirdi va Murg'ob vodiysida sug'orish ishlarini yo'lga qo'ydi. Samarqand va Shaxrisabz shaxarlari oqar suv bilan ta'minlandi. Lalmikor yerlarda ariklar qazildi. Dexqonchilikda donli ekinlar, paxta, zig'ir ekilgan. Bo'yoq uchun ro'yan o'simligi, shuningdek pillachilikda tutlar ko'p ekilgan. Uzum, limon yetishtirilgan.

Ulug'bek davrida Bog'i maydonda turli o'simliklar ekilib, Bog'cha nomli bog' barpo etilgan. Temur Samarqand atrofida Bag'dod, Sultoniya va Sheroz nomli qishloqlar qurdiradi. Temur va Ulug'bek davrida qo'ychilik va yilqichilikka aloxida e'tibor berilgan.

Tog'-kon ishlari yo'lga qo'yilib, turli ma'danlar qazib olinishi tufayli xunarmandchilik rivojlangan.

Obodonchilik, sug'orma dexqonchilikning rivojlanishi iqtisodiy xayotda muxim soxa-xunarmandchilik, savdo va tovar-pul munosabatlarining taraqqiyotiga ijobiy ta'sir ko'rsatdi. xunarmandchilik tarmoqlarining ko'payishi tufayli shaxarlarda xunarmandchilik maxallalarining soni ortib, yangi bozor rastalari, tim va toqlar qurildi. To'qimachilik, kulolchilik, chilangarlik, temirchilik va binokorlik soxalari asosiy o'rin tutgan. Samarqand, Buxoro, Toshkent, Shoxruxiya, Termiz, Shaxrisabz, Qarshi shaxarlarida yangi xunarmandchilik maxalalari qurilib, savdo markaziga aylandi. Ip, jun, kanop tolasidan gazmollar to'qilgan. Ipakdan shoyi gazlamalar atlas, kimxob, banoras, duxoba, xoro, debo kabi gazmollar to'qilgan.

XV-asrda metall buyumlar- uy-ro'zg'or buyumlari, asbob-uskunalar, qurol-yarog'lar ko'plab ishlab chiqarilgan. Samarqand qurolsozlik markaziga aylanib, sovutsozlar maxallasi qurilgan. Shaxarlarda mis va jezdan buyumlar va mis chaqalar zarb qilingan. Temur farmoni bilan Usta Izzoddin Isfaxoniy yasagan jez qozon va shamdon xozirgacha saqlanib qolgan. Misgar va chilangarlar metallni toblash, quyish, sirtiga naqsh solish, oltin va kumush suvi yuritish kabi murakkab ishlarni bajarganlar.

Masalan, Bibixonim masjidi eshiklari yetti xil ma'dan qotishmadan tayyorlangan. Zargarlar oltin, kumush va jez qotishmalaridan nafis zeb-ziynat buyumlari yasaganlar. Oltin va kumush gardishli, qimmatbaxo toshlar qadalagan idishlar sirtiga naqsh va yozuvlar ishlangan.

Kulolchilik eng sertarmoq soxa bo'lgan. XIV-XV asrlarda sirli sopol badiiy rang-baranglikda turli soxalarda ishlatilgan va turli buyumlar yasalgan. Toshtaroshlikda naqsh, xattotlik keng qo'llanila boshlangan. Binokorlikda g'isht teruvchilar «Banno», peshtoq, ravoq xamda toqlarga parchin va chiroq qoplovchi pardozchilar «Ustoz» deyilgan.

Samarqandda shishasozlik rivojlanib turli idish va buyumlar yasalgan. Qurilishda rangli oynalardan foydalanilgan. Yog'och o'ymakorligida naqshin binolar qurilgan va buyum jixozlar yasalgan. Samarqand qog'ozi xatto chet o'lkalarda mashxur bo'lgan.

Bu davrda xunarmandchilik mollari ishlab chiqaradigan korxona boshlig'i «Usta» shogirdlar «Xalfa»lar bo'lgan. xunarmandlar shaxarning madaniyatli tabaqasiga mansub bo'lgan.

Temuriylar davlati Xitoy, Xindiston, Eron, Rusiya, Volga bo'yi, Sibir bilan muntazam savdo-sotiq aloqalari olib borgan. Chet davlatlar bilan savdo aloqalarini kengaytirishda temuriylarning elchilik aloqalari muxim axamiyat kasb etgan. Temur savdo rastalari, bozorlar va yo'llar qurdiradi, karvon yo'llarida karvonsaroylarni ko'paytiradi. Ayniqsa, Samarqand va Buxoroda bozor, chorsu, tim, toq, kappon kabi savdo xunarmandchilik inshoatlari qad rostladi. Shaxar bo'ylab o'tgan keng ko'chaning ikki tomoniga do'konlar jolashtirilgan. Samarqand va Buxoro savdo maydonlarining kengligi va ixtisoslashtirilgan bozorlarga egaligi bilan ajralib turgan. Bozor savdo markazi va xunarmandchilik ishlab chiqarish joyi edi. Shuningdek, bozorlarda qo'lyozma kitoblar, yozuv qog'ozi sotilgan, ariza yoki maktub yozuvchi mirzalar xam o'tirgan. Savdo rastasi unda sotiluvchi tovar nomi bilan atalgan. Bozorlarda adabiyot, she'riyat, ilm-fan xaqida suxbatlar bo'lgan, farmonlar e'lon qilingan va aybdorlar jazolangan. Turli tomoshalar shu joyda ko'rsatilgan, masjid, madrasa, xammom bozorga yaqin joyga qurilgan.

Temuriylar davrida karvon yo'llarida elchilar, choparlar va savdo karvonlari uchun dam olish, otlar almashtirish joylari qurilgan.

XIV-XV asr oxirlarida Movarounnaxrni ko'p mamlakatlar bilan ijtimoiy-iqtisodiy ba'zan siyosiy va xarbiy axamiyatga ega bo'lgan karvon yo'llari bog'lagan edi. Bu yo'llar bir-biridan iqtisodi, xalq tumush tarzi, dini, ma'naviy va moddiy madaniyati jixatdan farqlanuvchi mamlakatlarning o'zaro aloqasini rivojlantirishga imkon yaratdi. Karvon yo'llari savdo, diplomatik aloqalarning amaliy vazifasini, ayni vaqtda mamlakat va xalqlarning o'zaro iqtisodiy va madaniy ta'sirini mustaxkamlashga xizmat qildi.

2. O'rta Osiyo zaminida temuriylar davri ilm-fan, adabiyot, san'at soxlarida kamolot bosqichiga ko'tarildi. Temuriylar davlatining qudrati ayniqsa me'morchilikda namoyon bo'ldi. Oqsaroy peshtoqida bitilgan «Qudratimizni ko'rmoq istasang- binolarimizga boq!» degan yozuv Temur davlatining siyosiy vazifasini xam anglatar edi. Temur davrida Movarounnaxr shaxarlari qurilishida istexkomlar, shox ko'chalar, me'moriy majmualar keng ko'lam kasb etadi. Ilk o'rta asrlardagi shaxarning asosiy qismi bo'lgan «Shaxriston»dan ko'lam va mazmuni bilan farq qiluvchi «xisor» qurilishini Samarqand va Shaxrisabzda kuzatish mumkin. Temur davrida Kesh shaxar qurilishi yakunlandi. «Xisor»ning janubi-g'arbida xukumat saroyi Oqsaroy va atrofida rabotlar, bog'-rog'lar qurildi.

Temur saltanat poytaxti Samarqandni bezatishga aloxida e'tibor berdi. Shaxarda «Xisori», qal'a, ulug'vor inshoatlar va tillakor saroylar bunyod ettirdi. Samarqandga kiraverishdagi Ko'xak tepaligida Cho'pon ota maqbarasi Ulug'bek davrida qurilgan bo'lib, bu inshootda mutanosiblik, umumiy shaklning nafisligi, bezaklarda ulug'vorlik uyg'unlashib ketgan. Temur davrda Samarqand Afrosiyobdan janubda mo'g'ullar davridagi ichki va tashqi shaxar o'rnida qurila boshladi xamda bu maydon qal'a devori va xandok bilan o'ralib (1371 y) Xisor deb ataldi. Xisor 500 gektar bo'lib devor bilan o'ralgan. Shaxarga oltita darvozadan kirilgan.

Shaxar maxalalardan iborat bo'lib, guzarlarga birlashgan. Shaxarda me'moriy majmualar shakllanishi Temur va temuriylar davrining eng katta yutug'i bo'ldi. Me'morchilik taraqqiyotning yangi bosqichiga ko'tarildi, inshootlar ko'lami bilan birga uning shakli xam ulkanlashdi. Bu jarayon muxandislar, me'morlar va naqqoshlar zimmasiga yangi vazifalarni qo'ydi. Temur davrida gumbazlar tuzilishida qirralar oralig'i kengaydi. Ikki qavatli gumbazlar qurishda ichkaridan yoysimon qovurg'alarga tayangan tashqi gumbazni ko'tarib turuvchi poy gumbazning balandligi oshdi. Ulug'bek davrida gumbaz osti tuzilmalarning yangi xillari ishlab chiqildi. Aniq fanlardagi yutuqlar me'morchilik yodgorliklarida aniq ko'rinadi (Shoxizinda, Axmad Yassaviy, Go'ri Amir maqbaralari, Bibixonim masjidi, Ulug'bek madrasasi). Ularning old tomoni va ichki qiyofasi rejalarini tuzishda me'moriy shakllarning umumiy uyg'unligini belgilovchi geometrik tuzilmalarning aniq o'zaro nisbati bor. Bezak va sayqal ishlari xam bino qurilishi jarayonida baravar amalga oshirilgan.

Temuriylar davrigacha va undan keyin xam Movarounnaxr va Xuroson me'morchiligida bezak va naqsh bu qadar yuksalmagan. Temur va Ulug'bek davri me'morchiligida bezakda ko'p ranglilik va naqshlar xilma-xilligi kuzatiladi. Epigrafik bitiklarni binoning maxsus joylariga, xattotlik san'atini mukammal egallagan ustalar olti xil yozuvda ishlagan.

Koshin qatamlarida tasvir mavzui kam uchraydi. Oqsaroy peshtoqlarida Sher bilan Quyoshning juft tasviri uchraydiki, bu ramziy ma'noga ega. Temur va Ulug'bek davrida bino ichining bezagi xam xilma-xil bo'lgan. Devor va shift, xatto gumbaz xam naqsh bilan ziynatilgan. Temur davrida qurilgan binolarda ko'k va zarxal ranglar ustun bo'lib, dabdabali naqshlar ishlangan, Ulug'bek davrida Xitoy chinnisiga o'xshash oq fondagi ko'k naqshlar ko'p uchraydi.

Bu davrda diniy inshootlar, xukmdor saroylari, aslzodalarning qarorgoxlari ko'plab qurildi. Temur Xindiston yurishidan so'ng (1399 y). Samarqandda jome masjidi qurdiradi. Uning ro'parasida Bibixonim madrasasi va maqbara bunyod ettirdi. Ulug'bek Buxoro Jome masjidini kengaytirib, qayta qurish ishlarini boshlagan, biroq u XVI asrda qurib bitkazdi.

Temur davrida Saroy Mulk xonim Go'ri Amir majmuasida madrasalar qurilgan. Ulug'bek Samarqand, Buxoro va ¢ijduvonda madrasalar bunyod etirdi. XV asrda madrasa me'morchiligi o'zining uzil-kesil qiyofasiga ega bo'ldi. Madrasa qurilishi yagona tizim bo'yicha rejalashtirilsa xam, asosiy shakllari, ularning o'zaro nisbatlari va bezaklariga ko'ra xar biri o'z qiyofasiga ega edi. Temuriylarning ikki san'at durdonasi-Samarqanddagi Ulug'bek va Xirotdagi Gavxarshodbegim madrasalari yagona tizim rejasi bo'yicha qurilganiga qaramay, bir-biridan farq qiladi.

Temuriylar davridan qolgan maqbara, din arboblari va ruxoniylar qabrini o'z ichiga oluvchi to'siq-xazira, avliyolar qadamjolari, daxma aloxida guruxni tashkil qiladi. Samarqandda Temur davrida shayx Burxoniddin Sag'orjiy xilxonasi – Ruxobod maqbarasi va Temuriylar xilxonasi -Go'ri Amir. Shuningdek, Shoxizinda majmuasida peshtoqli maqbaralar guruxi quriladi. Ulug'bek davrida ijodiy izlanishlar samarasi daxmalarning me'moriy ko'rinishiga xam ta'sir o'tkazadi. Shoxizinda majmuasida sakkiz qirrali maqbara va xozirgacha Qozizoda Rumiy maqbarasi deb kelinayotgan («Sultonning onasi» uchun qurilgan, asli noma'lum) maqbara quriladi. Ulug'bek Buxoro, ¢ijduvon, Shaxrisabz, Termiz, Toshkentda xam noyob obidalar qurdirgan. Ammo qurilish miqyosi va bezaklar bo'yicha Samarqanddagi obidalar ustunlik qiladi. Toshkentda Zangi ota maqbarasi va Shayxontoxur majmuasi, bo'lib, Qaldirg'ochbiy maqbarasi XV asrning birinchi yarmiga mansub.

Temur davrida ulkan inshoot-Turkiston shaxrida Axmad Yassaviy maqbarasi barpo qilindi. Bu maqbara musulmon Sharqining me'moriy yodgorliklari orasida eng noyobidir.

Qadamjolar me'morchiligi xam o'ziga xos tuzilishga ega. Temur Buxoroda Chashmai Ayub (1380y.) yodgorligini qurdiradi. Shunigdek, Temur Shaxrisabzda ziyorat va dafn marosimlari uchun «xazira»-»Dor us-Siyozat» (1389-1400) xilxonasini qurdirgan. O'g'li Jaxongir vafot etgach Shaxrisabzda maqbara (xazrati Imom) qurdirgan. Unda Xorazm me'morchiligi an'analarini ko'rish mumkin.

Samarqanddagi Ulug'bek rasadxonasi me'moriy san'atning noyob yodgorligidir. Rasadxona diametri 48 metrli aylana shaklda bo'lib, uch qavatlidir.

Temuriylar davrida qurilgan saroylar ikki xil bo'lgan. Birinchisi-ma'muriy-siyosiy maqsadda bo'lib, qal'a yoki shaxar ichida qurilgan. Ikkinchisi-shaxar tashqarisidagi bog'larda qurilgan qarorgoxlarda qabul marosimlari, majlislar o'tkazilgan va xordiq chiqarilgan. Shaxrisabzdagi Oqsaroy gumbazining diametri 22 metr bo'lib, toq va ravoqlari beqiyos bo'lgan. Temur va Ulug'bekning asosiy qarorgoxi Samarqanddagi Ko'ksaroy va Bo'stonsaroy deyiladi. Shuningdek, shaxar tashqarisida Temur o'n ikkita bog' va saroylar bunyod ettirgan.

Ulug'bek davrida Samarqandning Registon maydoni shakllandi, «Masjidi Muqatta'», 210 gumbazli Ko'kaldosh jom'e masjidi qad ko'tardi. Shoxizindada ayrim maqbaralar, Shaxrisabzda Ko'kgumbaz masjidi, «Chilustun» va «Chinnixona» saroylari uning davrida qurildi.

XV asrning ikkinchi yarmida Samarqandda Xo'ja Axror madrasasi, Ishratxona, Oqsaroy maqbaralari bunyod qilindi.

Amir Temur va Ulug'bek davrida tasviriy san'at turli yo'nalish bo'yicha yuksaldi. Islomda jonli narsalar tasviriga sig'inmaslik tasviriy san'atda naqshning ravnaqiga sabab bo'ldi. O'rta Osiyoda arablar bosqini tufayli to'xtab qolgan devoriy suratlar va umuman tasviriy san'at Temur davrida yangi shakl va mazmunda tiklandi. Xattotlik- qo'lyozma adabiyotning ajralmas bir qismi xisoblangan. Miniatyura- tasviriy san'atga xam avvalo naqsh sifatida qaralgan. Temuriylar davrida tiklangan devoriy suratlar esa XVI asrda yana to'xtab qoldi. Samarqanddagi Temuriylarning saroy-qarorgoxlarida qabul marosimlari, jang voqealari, ov manzaralari, xalq bayramlari tasviri tushirilgan devoriy suratlar bo'lgan. Temur, o'g'illari, nabiralari, ayollari va kanizaklari tasviri bu devoriy suratlarda aks ettirilgan Ulug'bek devorida xam devoriy suratlar mavzu jixatdan rang-barang bo'lib, uslubiy jixatdan miniatyura janriga yaqin bo'lgan. Bu davrda qayta ko'chirilgan Abduraxmon as-So'fiyning (X asr) falaqiyotga oid asariga ishlangan bir suratda Andromeda yulduzlar turkumi Chochlik ayol qiyofasida tasvirlanadi. Samarqand rasadxonasida esa to'qqiz falak ko'rinishi, yetti gardish, yetti yulduz-yoritqich daraja, vaqt bo'limlari, Yer yuzining yetti iqlimi tasvirlangan.

Temur darvrida qurilgan Shirinbeka opa, Bibixonim, Tuman opa obidalarida naqqoshlik va xattotlik bilan birga tasviriy lavxalar xam mavjuddir. Shirinbeka opa maqbarasida tasvir ko'p ranglarda, qolgan ichki bino devorlarida oq va moviy rangdagi tabiat manzaralari tasvirlanadi.

Xattotlik san'ati taraqqiyotiga XV asrda an'anaviy nasxi, kufiy, devoriy xatlari bilan birga peshtoqlarni bezovchi suls va tezkor-nasta'liq noyob qo'lyozma asarlar ko'chiriladigan maxsus ustaxonalar kitobotchilikning ravnaqiga ijobiy ta'sir ko'rsatdi.

Amir Temur davrida Samarqandda miniatyura rassomchilik maktabi tashkil topdi. xozir Turkiya va Berlin kutubxonalarida saqlanayotgan ko'chirma- xomaki miniatyura nusxalari XIV-XV asrlarga oid bo'lib, ularda aloxida shaxslar, daraxtlar, gullar, kichik kompozitsiyalar, naqshlarda chiziqlar uyg'unligi, xarakatlar aniqligi, qiyofalarning o'z o'rnida joylashtirilishi bilan ajralib turadi.

Tarixiy shaxslarning qiyofalari xam miniatyuralarda aks etgan. Amir Temur qiyofasi tiriklik vaqtida aks etgan miniatyuralar xali topilmagan. Asl xolatiga yaqin suratlar «Zafarnoma»ning dastlabki ko'chirilgan nusxalarida uchraydi. Uning bir muncha yorqinroq qiyofasi Xirotda (1467 y.) ko'chirilgan «Zafarnoma»da keltiriladi. Dastlab Mirak Naqqosh boshlagan va Bexzod yakunlagan ushbu miniatyurada boy kompozitsiya va serjilo bo'yoqlarning uyg'unligi ajralib turadi.

Miniatyura rassomchiligining taraqqiyoti adabiyotning rivoji bilan bog'liq bo'lgan. Musavvirlar Firdavsiy, Nizomiy, Dexlaviy, so'ngra Jomiy va Navoiy asarlariga rasmlar ishlagan. XIV asrda «Jome' ut-tavorix», «Tarixi Rashidiy» kabi tarixiy asarlarga xam miniatyuralar ishlagan. Bu an'ana Temuriylar davrida xam davom ettirilib, «Zafarnoma» va «Temurnoma» asarlarida jang lavxalari tasvirlanadi. Ayrim xollarda diniy asarlarga xam Makka va Madina tasviri tushirilgan. Badiiy asarlarning ba'zilarida Muxammad payg'ambarning (yuzi niqobda) odamlar orasida turgan xolati va me'rojga chiqishlariga oid lavxalar uchraydi.

XV asr miniatyuralarining aksariyatida sharq she'riyatining qaxramonlari-Layli va Majnun, Xusrav va Shirin, Rustam, jang lavxalari tasvirlanadi. Umuman miniatyura san'ati Iroq, Eron, Xuroson, Movarounnaxr va Xindistongacha xududda bir davrga xos badiiy- estetik xodisa edi. Bu xodisa Temuriylar bilan bog'liq bo'lib, temuriylarning Bag'dod, Sheroz, Tabriz, Xirot, Samarqand, Dexli kabi markazlarida bir necha miniatyura maktablari vujudga keldi.

Samarqand miniatyura maktabi XIV-XV asrning birinchi yarmida qaror topgan bo'lib, turli turkumda yaratilgan bu miniatyuralarda Sharqiy Turkiston san'atiga xos bo'lgan Turkiy obrazlarda Xitoy rassomchiligi ta'siri sezilib turadi.

Samaqanddagi saroy musavvirlari Abul Xayya va uning shogirdlari Shayx Maxmud Taliliy, Pir Axmad Bog'i Shamoliy, Muxammad bin Maxmudshox, Darvesh Mansurlar ishlagan rasmlar nozik, bo'yoqlar ustalik bilan qo'llangan. ularning miniatyuralari temuriylar davriga xos ov-shikor mavzuida yaratilgan. 1420 yildan keyin Boysunqur Mirzo Xirotda xattotlik va naqqoshlik ustaxonasi tashkil qilgach bu rassomlarning ayrimlari xirotga ko'chib o'tadi. Abul xayya tarixiy asarlariga ishlagan miniatyuralarda Amir Temur va temuriylarning qiyofalari aks etsa, badiiy asarlarga ishlagan rasmlarida xam ular turli xolatlarda tasvirlanadi. Xalil Sulton davrida ishlangan ayrim miniatyuralar grafik tarzda, badiiy jixatdan o'ziga xos «siyoxi qalam» uslubida ishlangan. Temur xayotlik davrida uning saroy devorlarida shox va shaxzodalar bor bo'yida tasvirlanib, xaqiqiy portret janrini Kamoliddin Bexzod shakllantirdi. Umuman, Temur va temuriylarning qiyofalari tasvirlangan ko'plab miniatyuralar dunyoning turli kutubxonalarida saqlanmoqda. Ularning aksariyatida rasm chizilgan davr yoki rassom, joy, maktab ko'rsatilmagan. Biroq, bu miniatyuralarda nur sochib turgan quyoshsimon sherning boshi tasvirlangan tug'-Temurning gerbi-uning saroyi peshtoqida, Xalil Sulton va Ulug'bek zarb qilgan tangalarda uchraydi. Shuningdek, tabiat tasvirida to'q yashil va jigarrang ko'pligi, kiyimlar turkiy millatga xos bo'lganligidan bu miniatyuralar Samarqand miniatyurachilik maktabiga mansub deyish mumkin. Chunki, Xirot va Sheroz miniatyuralari qaxramonlarining kiyimlari boshqacharoqdir.

Samarqand maktabi miniatyurachilari vakillari kompozitsiya yaratish va manzara tasvirida maxoratlidirlar.

Ulug'bek davrida mashxur bo'lgan xattot va musavvir asli Obivardlik Sulton Ali Boverdiy miniatyuralari chiziqlarning keskinligi, ranglarning yorqinligi bilan o'ziga xosdir. Samarqand maktabiga xos bo'lgan 18 ta miniatyura Nizomiyning»xamsa» asariga va 49 ta miniatyura «Shoxnoma» asariga ishlangan bo'lib xozir Turkiya kutubxonasida saqlanadi. Ulug'bek davrida as-So'fiyning «Siljimas yulduzlar ro'yxati» asariga ishlangan miniatyuralarda xaritalar qizil va qora doiralar bilan katta va kichik yulduzlarning joylashishi ko'rsatilgan bo'lib, grafik tarzda rang bermay, qora siyoxda chizilgan. Yulduz turkumi oddiy xalq vakili qiyofasida tasvir etiladi. Sharq miniatyurachiligida oddiy xalq xayoti mavzui temuriylar davrida paydo bo'lgan. Masalan, «Samarqand masjidini qurish», «Iskandar devorini bunyod etish», «Ko'chmanchilar turmushi», «Jamshidning oddiy xalqqa xunar o'rgatishi mavzuidagi miniatyuralar bunga misoldir.

Temuriylar davrida madaniyatning yuksalishi badiiy xunarmandchilikning turli shakllarida namoyon bo'ldi. Badiiy xunarmandchilik asosan me'morchilik bilan bog'liq bo'lmay, koshinkorlik kulolchiligi, yog'och va tosh o'ymakorligi bilan xam bog'liq edi. Qabr toshlariga qisman o'simliksimon, asosan geometrik nazmlarda xattotlik namunalari bilan so'zlar bitilgan. Bu yozuvlar chuqur, qusha o'yiqlarida bitilgan. Qabrtoshlar sag'ana yoki suna shaklida bo'lib, bo'z rangli marmardan, ayrim xollarda o'ta noyob toshlardan tantana idishlar ishlangan. Yog'och o'ymakorligida Go'ri Amirda, Shoxi Zinda, Yassaviy maqbaralari, eshiklari, shuningdek Xv asrga oid uy ustunlari naqshlar bilan ishlangan. Temur va Ulug'bek davrlarida metall o'ymakorligi taraqqiy etadi. Buyum va idishlar oltinsimon bronza, latun, qizil misdan ishlangan. Naqshlar o'yib, bo'rtma usulda, qimmatbaxo toshlar qadalib tayyorlangan. Yassaviy maqbarasi ulkan-shamdonlar, ayniqsa ikki tonnalik qozon bronza qo'yish san'atining eng yuksak namunasidir.

Amaliy san'atning kulolchilik turi uchun yashil, zangori tusdagi yorqin sir ustiga sodda o'simliknoma naqshlarni qora bo'yoqlar bilan tushurishga yoki uyurma gullar ishlanishi, bu davrda paydo bo'lgan oppoq idishlarga sir ustidan kobalьt yordamida naqsh berilishi yangilik edi. Sopol buyumlardagi naqshlar mo'yqalamda chizilgan. Oldingi asrlarda sopol buyumlariga chiziq naqshlar chizishgan, temuriylar davriga mansub chikkisimon sopol buyumlarda kulol-rassom turli uslubda och xavorangdan to lojuvardga qadar ranglarni qo'llaydi. Temur va temuriylar davrining amaliy san'at turlaridan to'qimachilik, gilamdo'zlik, kashtachilik yuksak san'at darajasiga ko'tarildi.

Amir Temur ilm-fan rivoji uchun g'amxo'rlik qilishi tufayli Samarqand dunyoning ma'rifiy markaziga aylandi. Mashxur olimlar Samarqandga keldi. Masalan, Qozizoda Rumiy, tabib Xusomiddin Kermoniy, falaqiyotshunos Mavlono Axmad, Ulug'bek davrida turli mamlakatlardan kelgan 100 dan ortiq olimlar ilmiy va ijodiy faoliyat ko'rsatgan. Temur va temuriylar zamonida tabiiy va gumanitar fanlar soxasida buyuk olimlar yetishib chiqdi xamda jaxon faniga munosib xissa qo'shdi. Falokiyotshunoslik fanida Ulug'bek, Qozizoda Rumiy, ¢iyosiddin Jamshid va Ali Qushchilar yangi kashfiyotlar qildi. Tarix ilmida Sharofiddin Ali Yazdiy, Xofizi Abro', Abdurazzoq Samarqandiy, Mirxond, Xondamir, Zayniddin Vosifiy va boshqalar qimmatli asarlar yaratdi. Badiiy ijod va tilshunoslikda Jomiy, Navoiy, Davlatshox Samarqandiy, Atoullo Xusayniy, Koshifiy singari ijodkorlar yuksak san'at asarlari bilan mashxur bo'ldi.

Mirzo Ulug'bek davrida Samarqandda birinchi Akademiyaga asos solindi, Yer kurrasini o'lchash va falaqqiyotshunoslik jadvallarini tuzish ishlari amalga oshirildi. Samarqand rasadxonasining qurilishi ulkan madaniy voqea bo'lib, jixozi va ilmiy yutuqlari jixatidan unga teng keladigan rasadxona yo'q edi. Rasadxonada Ulug'bek matematika, geometriya, falaqqiyotshunoslikda chuqur bilimlar soxibi edi. Ali Qushchi, Muxammad Xavofiylar uning sevimli shogirdlari bo'lgan.

Mirzo Ulug'bek «Zij» asarida VIII-XI asrlarda boshlangan falaqqiyot ilmiga oid an'anani davom ettirib, yuqori darajaga ko'taradi. Matematikaga doir «Bir daraja sinusni aniqlash xaqida risola», Falaqqiyotshunoslikka oid «Risolai Ulug'bek» va musiqa xaqida «Musiqa ilmi xaqida risola» kabi asarlar yozdi. Ulug'bek Samarqand, Buxoro va ¢ijduvonda madrasalar qurdirib, ta'lim ishlariga raxbarlik qildi.

Temur va temuriylar davrida xalq og'zaki ijodi namunalari yaratildi. Adabiyot badiiy uslub jixatidan takomillashdi, adabiyotshunoslik va tilshunoslikka oid ilmiy asarlar yaratildi. O'zbek tarjima adabiyoti vujudga keldi.

Bu davrda yetuk ijodkorlar Qutb, Sayfi Saroyi, Xaydar Xorazmiy, Durbek, Amiriy, Atoiy, Sakkokiy, Lutfiy, Bobur, Muxammad Solix va boshqalar yashab ijod qildi. Ayniqsa o'zbek yozma adabiyotining dunyoviy ko'lamini Alisher Navoiyning ijodi kamolot bosqichiga ko'tardi.

Movarounnaxr va Xurosonda o'zbek tili, adabiyoti va madaniyatining mavqei orta bordi. Xurosondagi turkiyzabon xalqlar va ularning ziyolilari Samarqand, Buxoro, Turkiston va boshqa shaxarlardagi olimlar shoiralar va san'atkorlar bilan o'zaro juda yaqin munosabatda bo'la boshladilar. Qaysi ijodkor o'ziga qaysi mamlakat yoki shaxarni qulay deb bilsa, yosha yerda yashab ijod qildi.

Masalan, xorazmlik shoirlar Xaydar va xofiz Xorazmiylar Sherozga, Ismoil Ota avlodlaridan bo'lgan shoir Shayx Atoiy Turbatdan (Toshkent yaqinidan) Balxga, Mavlono Lutfiy xam asli Toshkentdan bo'lib Xirot yaqiniga borib yashab qolganlar.

Temur va uning avlodlari adabiyot va san'atga, ilm-fanga yaqin kishilar edi. Temuriylardan 22 ta ijodkor-shoir bo'lib, ular o'zlari she'r yozish bilan birga ijodkorlarga xomiylik xam qilgan. Xalil Sulton, Xusayn Boyqaro kabilar o'z she'rlaridan devon tuzganlar.

Xuroson va Movarounnaxrda forsiy va turkiyda xam ikkala tilda ijod qiluvchi shoirlar ko'p bo'lib, adabiy xayot yuksaladi. Sharq klassik adabiyoti tarjimalariga xam e'tibor kuchayadi. «Chaxor manoli» kabi adabiyot nazariyasiga oid asarlar yaratilgan. Badiiy ijodning g'azal, ruboiy, tuyuq kabi turlari rivoj topgan. Adabiy jarayonda shoxlar xam, oddiy kosib va xunarmandlar xam, olim va fozillar xam qatnashgan.

Xurosondagi adabiy xayotning rivojida Boysung'ur Mirzo (Shoxruxning o'g'li) ning o'rni beqiyos bo'lib, u o'z tashabbusi bilan fanlarning barcha soxalariga va san'at rivojiga katta xissa qo'shgan. Uning raxbarligida Firdavsiy «shoxnomasi»ning ko'p qo'lyozmalarni qiyoslash asosida ishonchli ilmiy matni yaratildi. Boysung'urning o'zi xam forsiy va turkiyda she'rlar yozgan. Xullas, XV asr o'rtalarida Xurosonda o'zbek adabiyotining yangi maktabi yuzaga keldi.

Movarounnaxrda Ulug'bek davrida ko'plab forsiy va turkiy ijodkorlar to'plandi. Adabiy muxitni bevosita Ulug'bekning o'zi boshqarar, Samarqandda o'sha davrning eng yaxshi shoirlari yig'ilgan edilar. Shoirlarning sardori («Malik ul-kalom») qilib Mavlono Kamol Baraxshiy tayinlangan edi. Sakkokiy o'z qasidalaridan birida Ulug'bekning she'r yozishini va uning she'r xaqidagi tushunchasi yuqori bo'lganligi ta'kidlab o'tgan. Ulug'bek Xurosondagi ijodkorlar bilan xam do'stona munosabatda bo'lgan. U Lutfiy she'rlarini XV asrning mashxur shoiri Salmon Sovajiy she'rlari bilan teng ko'rgan. Mumtoz shoir bilan tenglashtirish Lutfiy uchun katta sharaf edi.

Ulug'bek saroyidagi eng obro'li o'zbek shoiri Sakkokiyning lirik she'rlari bilan birga o'zbek tilidagi qasidalari xam bu she'riy janrning sezilarli yutug'i bo'ldi.

Navoiy «Majolisun-nafois» tazkirasida ko'proq xurosonlik shoirlar xaqida ma'lumotlar bersa, Davlotshox Samarqandiy «Tazkirat ush-shuaro» asarida o'tmishda o'tgan ijodkorlarga to'xtaladi. Yaqinda ma'lum bo'lgan Shayx Axmad ibn Xudoydod Taroziyning «Fukukul-balog'a» (1437 y.) asari temuriylar davri Movarounnaxrdagi adabiy xayotni o'rganish imkonitlarini ochdi.

Shayx Axmad Taroziy asarida she'r nazariyasiga doir ilmiy masalalarni yoritish bilan birga, shu paytgacha noma'lum bo'lgan o'zbek va forsiyzabon shoirlarning she'rlaridan misollar keltiradi. Shayx Taroziy o'z asarida bizga ma'lum bo'lgan mashxur shoirlardan tashqari, bizga noma'lum bo'lgan Muxammad Temur Buzoning tuyuqlarini, Shams Qisoriyning «al-maqlubul-ba'z» she'riy san'ati namunalarini, Jaloliy degan shoirning ishqiy mazmundagi baytlarini, «mutasalsal» she'riy man'atiga o'zining g'azalidan namunalar keltiradi.

«Mutasalsal» san'ati qofiya bo'lib kelgan so'zlarning yoki uning bir bo'lagining keyingi bayt boshlanishida takrorlanishi bilan baytlarni bir-biriga bog'lashni anglatadi. Taroziyning «Fukukul-balog'a» asari o'sha davr o'zbek adabiyoti tarixini yanada chuqurroq o'rganishda qimmatlidir.

XV asrning ikkinchi yarmi o'zbek adabiyotining eng rivojlangan davri bo'lib, bu yuksalik Temuriy Boyqaro va o'zbek adabiyotining porloq quyoshi Navoiy nomlari bilan bog'liq. Boyqaro xukmronligi davrida adabiyot, san'at va fanning ko'p soxalari rivojiga katta axamiyat bergan. «Xusayniy» taxallusi bilan she'rlar yozgan, bu ulug' zot o'z xukmronligi davomida Navoiyga «muqarrabi xazrati sultoniy» mansablarini berib birgalikda madaniyatning rivojlanishiga xomiylik qilishgan. Navoiy ustozi Jomiy bilan xamkorlikda ma'naviyat taraqqiyotiga raxnamolik qildi. Ular timsolida badiiy adabiyot eng buyuk yutuqlarga erishdi. Navoiyning «Xamsa» va «Xazoyinul-maoniy» devoni, Jomiyning «xasht avrang» va she'riy devonlari shu davr adabiyotining eng buyuk namunalari bo'ldi. Xusayn Boyqaro o'z «Risolasida» uning xukmronligi davrida shunday asarlar yaratilganidan cheksiz faxrlangani bejiz emas.

Bu boy adabiy meros o'zbek adabiyotining keyingi taraqqiyotiga xam o'zining chuqur ta'sirini ko'rsatdi. Boburning «Boburnoma» asari shu davr o'zbek adabiyoti va ilmining xayotbaxsh an'analari asosida yuzaga kelgan edi.

XV asrda o'zbek adabiyoti, ayniqsa Navoiy ijodi misolida adabiy janrlar rang-barangligi nuqtai nazaridan xam eng yuksak cho'qqiga ko'tarildi. O'zbek adabiy tili shakllandi. o'zbek nazmi va nasridagi adabiy uslubning xususiyatlaridan biri adabiy va ilmiy asarlarda fikr ifodasida forsiy va arabiy so'z va iboralardan, atamalardan, forsiy tilga xos jumla tuzilish qoidalaridan keng foydalandilar.

Temuriylarning adabiyot va madaniyat soxasidagi an'analari keyinchalik boburiylar tomonidan Afg'oniston va Xindistonda, XVIII-XIX asrlarda Xorazm va Qo'qon xonligida rivojlantirildi .

Temuriylar davri adabiyoti o'zbek adabiyoti rivojida o'ziga xos aloxida bir bosqichni tashkil etadi. Undagi ulug'vor insonparvarlik va xalqchillik, adolatparvarlik va ma'rifatparvarlik g'oyalari xamon o'z tarovatini yo'qotgani yo'q. Bu adabiy meros O'zbekistonda xali asrlar davomida o'zining boy mazmuni bilan, g'oyaviy-mafkuraviy teranligi va iloxiyligi bilan komil insonni tarbiyalashda katta axamiyat kasb etadi.

Temuriylar davrida yaratilgan adabiyot tasavvufning adabiyoti darajasini belgiladi. Adabiyot tasavvufning g'oyaviy mazmunida iloxiy masalalarni qamrab olib umuinsoniy tafakkurni ifodaladi.

Movarounnaxr va Xurosonda XIV asrning ikkinchi yarmi va XV asrda ro'y bergan madaniy yuksaklik butun musulmon Sharqigina esas, ovropa mamlakatlarini xayratga soldi. Bu yuksaklik Markaziy Osiyoning so'nggi madaniy-ma'naviy rivojinigina belgilab bermay, qo'shni mamlakatlardagi madaniy taraqqiyotga xam katta turtki berdi.

Temur va Temuriylar davridagi madaniy yuksalishning umumiy omillarini aniqlash shuni ko'rsatadiki, ular o'azro uzviy bog'langan va yaxlit bir butun xoldagina qisqa vaqt ichidagi madaniy-ma'naviy yuksakligini yuzaga keltira olgan.

Bulardan birinchi navbatda siyosiy-ijtimoiy omilni ko'rsatish mumkin. Movarounnaxr va Xurosonda tarqoq, o'zaro nizo va urushlar natijasida turli viloyat, amirliklarga bo'linib ketgan va kelgindi xukmronlar- mo'g'ullar tomonidan ayovsiz ezilgan xalqning mustamlakachilikdan qutulishi, mamlakatda yagona birlashgan davlatning barpo etilishi, yagona davlatchilik asosida boshqarish qoidalarining joriy etilishi, zo'ravonliklar, o'zboshimchaliklar kabi illatlarning tugatilishi ijtimoiy yuksalishi ta'minlandi.

Ikkinchi - iqtisodiy omil - Movarounnaxr va Xurosonda yagona idora tizimining joriy etilishi iqtisodiy osoyishtalik ishlab chiqarishning so'nggi rivojlanishiga olib keldi. Davlat tomonidan dexqonchilik, xunarmandchilik, savdo-sotiqning rivojiga e'tibor berilishi va bu soxada qator tadbirlarning amalga oshirilishi mamlakatning ma'naviy-madaniy taraqqiyoti uchun nixoyatda muxim axamiyat kasb etdi.

Uchinchi - ma'naviy omil - avval madaniy meros, ma'naviy qadriyatlar, boyliklardan keng foydalanish, ular asosida rivojlanishini amalga oshirishdan iborat bo'ldi. Markaziy Osiyoda avvalgi asrlarda, xususan IX-XIII asrlarda yaratilgnan ma'naviy-madaniy boyliklardan, Xorazmiy, Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, Chag'miniylar merosidan; arab, fors va turkiy tillarda yaratilgan Firdavsiy, Nizomiy Ganjaviy, Rumiy, Tusiy, Attor kabi allomalar merosidan: Musulmon Sharqi ma'naviy merosida keng axamiyat kasb etgan qadimgi yunon ilmiy-ma'naviy, boyliklaridan keng foydalanildi.

Bu davrda Amir Temur davlatining ta'sirida bo'lgan va bo'lmagan boshqa mamlakatlar o'rtasida madaniy aloqalar tez rivojlandiki, bunday aloqalar ma'naviy boyliklarni o'zaro almashishga keng yo'l ochib berdi. Eron, arab mamlakatlari, Xindiston, Xitoy kabi mamlakatlar bilan bo'lgan aloqalarda madaniy boyliklar almashinuvi xa muxim axamiyat kasb etdi.

To'rtinchi - g'oyaviy omil - bu omil ma'naviy omilning uzviy davomi bo'lsa-da, uning muxim axamiyatga ega bo'lganligi va o'z davri ma'naviy xayotida katta rolь o'ynaganligi uchun aloxida ajratib ko'rsatish maqsadga muvofiqdir. Bu XV asrga kelib Movarounnaxr va Xurosonda keng tarqalgan tasavvuf - xususan Naqshbandiya ta'limotidir. Markaziy Osiyoda Yusuf Xamadoniy, Abu Xoliq ¢ijduvoniy ta'limotlarini rivojlantirish asosida shakllangan Naqshbandiya ta'limoti va uning yirik vakillari XIV-XV asrlardagi siyosiy-ijtimoiy xamda madaniy xayotda nixoyatda muxim rolь o'ynadi, ma'naviy o'zgarishlar ma'lum erkinlik uchun g'oyaviy asos, omil bo'lib xizmat qildi. Temur va temuriy shaxzodalar, ko'p olim-fozillar, xunarmandlar naqshbandiya ta'limotidan ozuqa oldilar, o'z faoliyatlari, ijodlari bilan uni xar tomonlama boyitdilar.

XV asrda yashab ijod etgan Naqshbandiya ta'limotining yirik vakili Xo'ja Axror Vali faqat madaniy xayotdagina emas, siyosiy-iqtisodiy tinchlik va rivojlanish ishida muxim ijobiy rolь o'ynadi.

Bu kabi omillar Temur va Temuriylar davri madaniyati va ma'naviyatining tez va yuksak darajada ko'tarilishiga olib keldiki, uning yutuqlari so'nggi uzoq asrlar davomida madaniy rivojlanish uchun ozuqa bo'ldi.

XIV-XV asrlarda ma'naviy-madaniy rivojlanish islom diniy qarashlarining mustaxkamlanib borishi bilan uzviy bog'liq bo'lib, xukmron mafkura sifatida madrasayu masjidlarda keng o'qitilib, o'rganiliib, qonun-qoida, odat, an'analar esa shariat asosida olib borilar edi. «Temur tuzuklari» da din arboblari, shayx, sayid, ulamolar faoliyatiga aloxida o'rin ajratilib, ularning davlat ishlaridagi ishtiroki maxsus va bir necha qayd etilib o'tiladi. Lekin bu davrda shu bilan birga xalq orasida, ayniqsa, ziyolilar, aqliy mexnat bilan shug'ullanuvchi ilm-fan, san'at, madaniyat xodimlari o'rtasida o'z davrida islom qoidalarini zamona talablar, ijtimoiy yuksalish zaruratlari asosida talqin etishga intilish natijasida yuzaga kelgan tasavvuf ta'limoti keng tarqaladi.

Markaziy Osiyoda XI asrdan boshlab yoyila boshlagan tasavvuf ta'limoti bu davrga kelib Movarounnaxr va Xurosonda tasavvufning yassaviy, kubroviya, qodiriya va ayniqsa naqshbandiya tariqati ma'naviy xayotda katta rolь o'ynaydi.

Naqshbandiya tariqati Yusuf Xamadoniy ¢ijduvoniy va XIV asrga kelib Baxovuddin Naqshband nomi bilan uzviy bog'liq bo'lib, bu ta'limot XV asrda nazariy va amaliy jixatdan yanada rivoj topib u saroy axli, ko'p xollarda temuriyzodalar faoliyatiga xam ta'sir ko'rsatadi.

Amir Temurning o'zi xam mutasavvuf olimlarga katta xurmat bilan munosabatda bo'lib, tasavvufning naqshbandiya suluki targ'ibotchilaridan sayid Mir Kulolni (Shamsuddin Foxuriy, vafoti 1371 y.) o'ziga pir deb bilgan. Shuningdek, turli o'lkalardagi yirik mutasovvuflarga xam xurmat ko'rsatgan. Uning xamadoniya tariqatiga asos solgan yirik mutasavvuf Sayid Xamadoniy bilan uchrashib suxbatda bo'lganligi, 1398 yilda Turkistonning Yassi shaxrida yirik mutasavvuf Axmad Yassaviy qabrini ziyorat etganligi, uni ta'mirlatib, ustiga oliy bino qurishni buyurgani tarixiy maktablarda ko'rsatib o'tilgan.

«Tuzuklar»da: «... mashoyixlar, so'fiylar xudoni tanigan oriflardir. Ularning xizmatlarida bo'lib, suxbatlar qurdim va oxirat foydalarini oldim. Ulardan Tangri taoloning so'zlarini eshitib karomatlar ko'rdim», - deb yozadi Amir Temur.

XIV-XV asrlarda Markaziy Osiyoda keng tarqalayotgan tasavvuf ta'limotining Sufi, Porso, Charxiy, Maxdumi A'zam, Xoja Axror kabi yirik vakllari naqshbandiya tariqatiga oid qator risolalar yaratish bilan birga, jamiyatning ma'naviy poklanishi va rivojlanishi yo'lida faol xizmat qildilar, taniqli arboblar bilan muloqotda bo'lib, ularga ta'sir o'tkazdilar. Bu jixatdan, ayniqsa, Xoja Axror faoliyati muxim axamiyat kasb etadi. Navoiy, Jomiy, Qosimiy, Lutfiy, Bobur kabi shoirlar tasavvufni targ'ib qildilar.

Bu davrda tibbiyot ilmi xam o'zining yirik namoyondalariga ega edi. Samarqandga kelib ijod qilgan tabobat ilmining yirik vakillaridan Burxoniddin Nafis ibn Evaz xakim al—Xirmoniy, Sulton Ali tabib Xursoniy, tabib Xusayn Jarrox shular jumlasidandir.

XIV-XV asrlarda Markaziy Osiyoda mantiq va falsafa fanlari bilan shug'ullangan yirik olimlar paydo bo'ldi. Bu fanlarning rivoji, asosan ikki yirik mutafakkir Saadiddin bin Umar Taftazoniy va Mir Sayid Jurjoniy nomlari bilan bog'liqdir. Jurjoniy va Taftazoniylardan tashqari, Samarqandda o'sha davrda Mavlono Abdujabbor Xorazmiy, Mavlono Shamsiddin Munshiy, Mavlono Abdulla Lison, Mavlono Badriddin Axmad, Mavlono Nug'moniddin Xorazmiy, Xoja Afzal, Jalol xoqiy va boshqa olimlar yashab ijod etganlar. O'z davrining ilg'or ijtimoiy va axloqiy fikrlari badiiy adabiyotda, tasavvuf she'riyatida, nazm va nazrda, g'azal va ruboiylarda mufassal bayon qilina boshlandi. Navoiy, Jomiy, Lutfiy, Binoiy, Qosimi Anvar va boshqalarning badiiy asarlari boy falsafiy va axloqiy mazmunga egadir.

Bu davrda axloq va ta'lim-tarbiya muammolariga bag'ishlangan maxsus risolalar paydo bo'ldiki, ularning orasida Xusayn Voiz Kashifiy va Jaloliddin Davoniylarning merosi aloxida o'rin egallaydi.

Temur va Temuriy shaxzodalar o'z davri tarixini yozib qoldirish, Movarounnaxr va Xurosonning mo'g'ullar zulmidan ozod etilishi tarixini o'rganish va yoritishga katta e'tibor berdilar. Nizomiddin Shomiy, Ali Yazdiy, Abdurazzoq Samarqandiy, xofizi Abru, Natanze, Fosix Xavofiy, Mo'yniddin Isfizoriy, Mirxond, Xondamir kabi tarixchilar temuriylar davri tarixini yozib qoldirdilarki, ular yozib qoldirgan asarlar xozirda biz uchun o'sha davr xodisalarini, madaniy yuksalishini o'rganishda, muxim manba bo'lib xizmat qilib kelmoqda .

Ilm fan va adabiyotning rivoji kitobat san'ati, yangi qo'lyozma asarlarni ko'chirib yozish, xattotlik, musavvirlik, lavxa chizish, muravozlik kabi san'atlar taraqqiyotiga xam ijobiy ta'sir qildi. Nafis kitob va xattotlik XIV-XV asrlarda yangi taraqqiyot bosqichiga ko'tarildi. xattot Mir Ali Tabriziy (1330-1402) nasta'liq xatini kashf qildi. Bu usul xirotda Sulton Ali Mashxadiy boshchiligida yuksak bosqichiga ko'tarildi va Abduraxmon Xorazmiy, Sulton Ali Xandon, Mir Ali Qilqalam, Xalvoiy, Rafiqiy kabi xattotlar, musavvirlar yetishib chiqdi. Samarqand va Xirotda temuriylarning saroy kutubxonalari tashkil etildi. Bu kutubxonalar xunarmandchilik korxonasi xisoblangan, ularda qo'l yozma asarlarni to'plash va saqlash ishlari bajarilgan.

XIV-XV asrlar O'rta Osiyo xalqlarining musiqa san'ati taraqqiyotida xam yangi bosqich bo'ldi. Yangi kuy va qo'shiqlar, cholg'u asboblari va musiqa nazariyasiga doir asarlar yaratildi. Maxoratli sozandalar, bastakorlar va xofizlar yetishdi. Abduqodir Nayiy, Qulmuxammad Shayxiy, Xusayn Udiy, Shoxquli ¢ijjakiy, Axmad Qonuniy, Yusuf Andijoniy kabilar shular jumlasidandir. Ulug'bek, Jomiy, Navoiy va Binoiylar musiqa ilmiga oid asarlar yozib yangi kuylar ijod qildilar. IX-XII asrlarda shakllangan 12 maqom bu davrda takomillashdi. Shuningdek, keng ommaga mo'ljallangan teatrlashgan tomoshalar- xalq sayllarida masxarabozlar, qo'g'irchoqbozlar, dorbozlar o'z san'atini namoyish qilgan.

Temur va temuriylar davri ma'naviy xayotida diniy falsafa katta o'rin tutadi. So'fiylik tariqatida Naqshbandiylik rivojlanib, barcha ijtimoiy-ma'naviy soxalarga o'z ta'sirini ko'rsatdi. Baxovuddin Naqshbandiy bu tariqatni boyitib, balogardon martabasiga ega bo'lgan karomat soxibi edi. XV asrda Naqshbandiya tariqatining davomchisi Xoja Ubaydullox Axrordir. Samarqandga kelgan Xoja Axror Valini temuriylar o'zlariga pir deb biladi. Xoja Axror Naqshbandiya Xojagon tariqatining yo'nalishini belgilagan va ijtimoiy faoliyatidan tashqari ijodkorlik ilmi bilan xam shug'ullanib bir nechta asarlar yozgan.

O'rta Osiyoda Temur va temuriylar davrida madaniyat rivojlandi va kamol topdi. XIV-XV asrlardagi Movarounnaxr va Xurosondagi madaniy taraqqiyotining tamal tojini Buyuk soxibqiron Amir Temur qo'ygan edi.
Category: Madaniyatshunoslik | Added by: AkoshA
Views: 25897 | Downloads: 0 | Comments: 2 | Rating: 4.2/4
Total comments: 0
Name *:
Email *:
Code *: