Microsoft korporatsiyasi nazdida kelajakda barcha raqamli qurilmalar juda yupqa bo‘ladi, hech qanday muammosiz bir-birlari bilan "muloqot” qila oladi, o‘z egasiga nima kerakligini aniqlay oladi va albatta, sezgi a’zolari bilan boshqariladi.
Rolikda bir nechta asosiy qahramon mavjud – mehnat ta’tiliga chiqqan o‘rta yoshlardagi ayol, uning qizi va turmush o‘rtog‘i esa uyda qolgan. Bundan tashqari, rolikda Gonkongdagi bitotexnologik firma xodimlari, mehmonxona xizmatchilari va boshqalar ishtirok etishgan. Ularning har biri o‘z hayotida, ish faoliyatida sezgi a’zolari bilan boshqariladigan qurilmalardan foydalanishadi.