Payshanba, 25.04.2024, 10:59

"Toshkent Davlat Yuridik Instituti"

TSIL "Law 3"
Bookmark
Kalendar
«  October 2011  »
SuMoTuWeThFrSa
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031
i-Cloud
So'rovnoma
Qaysi futbol klub fanatisiz ?
Total of answers: 59
Visitors
Statistika

Total online: 1
Guests: 1
Users: 0

Main » 2011 » October » 13 » Nobel mukofoti haqida qisqacha ma’lumot
20:03
Nobel mukofoti haqida qisqacha ma’lumot

 Nobel mukofoti – bu, har yili buyuk ishlar, katta  ixtirolar, jamiyat taraqqiyoti yoxud madaniyatiga  salmoqli hissa qo‘shgan kishilarga beriladigan xalqaro  mukofotdir. Ushbu mukofotni shvetsiyalik olim,  dinamit ixtirochisi Alfred Nobel ta’sis etgan.  A.Nobelning 1895-yili 27-noyabrda qoldirgan vasiyatiga  ko‘ra, vafotidan keyin undan qolgan mablag‘ asosida  1900-yili Nobel jamg‘armasi tashkil etilgan.

Alfred Nobelning vasiyatiga ko‘ra, moddiy tarafdan quvvatlanib, 1895-yilda tatbiq etilgan quyidagi besh yo‘nalish bo‘yicha mukofotlar mavjud:
 fizika
 kimyo
 fiziologiya va tibbiyot
 adabiyot
 jahonda tinchlik o‘rnatish ishlari bo‘yicha harakatlar uchun


1969-yildan boshlab Shved bankining tashabbusi bilan iqtisodiyot sohasida bajarilgan yirik tadqiqotlar uchun ham Nobel mukofoti beriladigan bo‘ldi.

Mukofot topshirilishidan avval butun jahondagi yirik tashkilotlar tomonidan mukofot uchun nomzodlarni ko‘rsatish ishlari amalga oshiriladi. Oktabr oyida nomzodlar o‘z mamlakatlarida e’lon qilinadi. Ularning yakuniy tanlovi bilan Shved Qirolligi Fanlar akademiyasi, Karolina instituting Nobel assambleyasi va Norvegiya Nobel qo‘mitasi shug‘ullanadi. Nobel mukofotini topshirish tantanasi Shvetsiya poytaxti Stokgolm va Norvegiya poytaxti Osloda Alfred Nobel vafot etgan kun, ya’ni 10-dekabrda o‘tkaziladi. Stokgolm shahrida fizika, kimyo, fiziologiya va tibbiyot, adabiyot va iqtisodiyot sohalari bo‘yicha mukofotlarni Shvetsiya qiroli topshiradi. Jahonda tinchlikni mustahkamlash ishlari uchun beriladigan Nobel mukofotni esa Oslo shahrida Norvegiya qiroli topshiradi. Birinchi bor ayni mukofot 1901-yilda topshirilgan. Hozirgi vaqtda Nobel mukofotining qiymati 10 million shved kronasiga (1,3 million dollar atrofida) teng.

Nobel mukofoti to‘g‘risida ba’zi faktlar

1901-yildan 2010-yilgacha Nobel mukofoti jami 543 marta berilgan.


1901-yildan boshlab mukofot 50 marta berilmagan. Eng ko‘p davr albatta, Birinchi (1914-1918) va Ikkinchi (1939-1945) jahon urushi yillariga to‘g‘ri keladi.

Mukofot berilmagan yillar

Fizika – 1916, 1931, 1934, 1940, 1941, 1942

Kimyo – 1916, 1917, 1919, 1924, 1933, 1940, 1941, 1942

Tibbiyot – 1915, 1916, 1917, 1918, 1921, 1925, 1940, 1941, 1942

Adabiyot – 1914, 1918, 1935, 1940, 1941, 1942, 1943

Tinchlik – 1914, 1915, 1916, 1917, 1918, 1923, 1924, 1928, 1932, 1939, 1940, 1941, 1942, 1943, 1948, 1955, 1956, 1966, 1967, 1972

Iqtisod –

Ayollar va erkaklar o‘rtasidagi mukofot taqsimoti

1901-2010 – yillar davomidan 41 marta ayollar uchun 776 marta erkaklar uchun Nobel mukofoti berilgan.

Eng yosh mukofot sohibi

Eng yosh mukofot sohibi 25 yoshlik Lourens Breg (Lawrence Bragg). U otasi bilan birgalikda fizika sohasida (kristall strukturasining analizi) 1915-yilda Nobel mukofoti olgan.

Eng yoshi katta laureat sohibi

Eng yoshi ulug‘ laureat sohibi Leonid Gurvitsdir (Leonid Hurwicz). 2007-yil Leonid Gurvits, Erik Maskin (Eric Maskin) va Rojer Mayerson (Roger Myerson)lar bilan birgalikda iqtisodiyot sohasida (mexanizm dizayni asoslari) Nobel mukofotini olgan. O‘shanda Gurvits 90 yoshda edi.

Eng ko‘p umr ko‘rgan laureat

Rita Levi-Montalchini (Rita Levi-Montalcini) Nobel tarixida eng uzoq umr ko‘rgan mukofot egasi hisoblanadi. U 1986-yil fiziologiya va tibbiyot sohasida mukofot olgan edi. Rita xonim o‘zining 101 yillik yubileyini 2010-yil 22-aprelda nishonladi

Manba

Views: 13073 | Added by: AkoshA | Tags: Nobel | Rating: 5.0/1
Total comments: 0
Name *:
Email *:
Code *: