Juma, 19.04.2024, 15:55

"Toshkent Davlat Yuridik Instituti"

TSIL "Law 3"
Bookmark
Kalendar
«  May 2012  »
SuMoTuWeThFrSa
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031
i-Cloud
So'rovnoma
Qaysi futbol klub fanatisiz ?
Total of answers: 59
Visitors
Statistika

Total online: 1
Guests: 1
Users: 0

Main » 2012 » May » 15 » STOP SMOKING
22:01
STOP SMOKING

 

Chekilayotgan sigaretadan va chekuvchining nafas organlaridan ajraladigan tutun tarkibidagi zaharli moddalar atrof-muhit havosini ifloslaydi va havo bilan atrofdagi odamlarning nafas organlariga kiradi. Ayniqsa, chekuvchi o'z oila a'zolariga ko'p zarar yetkazadi. Kuzatishlardan ma'lum bo'lishicha, chekuvchi erkaklarning xotinlari chekmaydigan erkaklarning xotinlariga nisbatan 4 yil kam umr ko'rar ekan. Ular, ayniqsa, o'sma, surunkali bronxitkasalliklari bilan ko'p kasallanadi. Chekuvchilar oilasidagi bolalar doimo zararlangan havodan nafas olganligi tufayli ularda nafas organlarining yallig'lanish va allergiya kasalliklari ko'p uchraydi. Xalqaro Sog'liqni Saqlash Tashkiloti ma'lumotlariga ko'ra, chekish oqibatida yuzaga keladigan kasalliklardan har yili dunyoda ikki yarim million kishi halok bo'ladi.  Chekish oilaga katta moddiy zarar ham yetkazadi. 

 CHEKISH ZAHRIDAN YENGIL HIMOYA

   Nafas olish a'zolarining normal rivojlanishi, ularni har xiI kasalliklardan muhofaza qilishda gigiyena qoidalariga rioya etish muhim ahamiyatga ega. Buning uchun avvalo har bir odam yoshlikdan boshlab burun orqali nafas olishga odatIanishi kerak. Chunki burun shilliq pardasida mayda tukchalar bo'lib, ular havodagi chang zarrachalari, mikroblar, viruslarni tutib qoladi va ichki nafas a'zolariga o'tkazmaydi. Bundan tashqari, burun shilliq pardasi bir necha qavatdan tuzilganligi uchun u juda katta sathga ega (2 m'). Burun shilliq qavatining bunday tuzilishi burun bo'shlig'i orqali sovuq havo o'tayotganda uning isishiga imkon beradi. Bunday isigan havo nafas olish a'zolarini shamollashdan saqlaydi. Shuningdek, havo burun bo'shlig'i orqali o'tganda namlanadi.
         Odam yoshligidan, ayniqsa yurganda, chopganda, jismoniy mashq bajarganda burun orqali chuqur nafas olish va chiqarishga odatlanishi kerak. Buning natijasida nafas harakatlarida ishtirok etuvchi qovurg'alararo muskullar va diafragma yaxshi rivojlanadi,o'pkaning tiriklik sig'imi ortadi. Organizmni turli sharoitda chiniqtirish, sovuq suvda yuvinish, ochiq havoda sayr qilish va mashq bajarish kabilar nafas olish organlari kasalliklarining oldini olishga yordam beradi.
         Chekishning nafas olish a'zolariga zararli ta'siri. Chekish eng zararli odatlardan biri hisoblanadi. Ilmiy tadqiqotlardan ma'lum bo'lishicha, tamaki tutuni tarkibida 3 mingdan ko'proq zaharli modda bor ekan. Shulardan nikotin, ammiak, karbonat angidrid, benzol kabilar odam organizmining barcha a'zolariga, jumladan, nafas olish a'zolariga zaharli ta' sir ko'rsatadi. Masalan, tamaki tutuni tarkibidagi karbonat angidrid qonning eritrotsitlari tarkibidagi gemoglobin bilan birikib, miya, yurak va boshqa hayotiy muhim a'zolarning kislorod bilan ta'minlanishini buzadi.
         Tamaki tutuni tarkibida o'sma (rak) kasalligini yuzaga keltiruvchi 50 dan ortiq kanserogen moddalar bor. Shuning uchun chekuvchilar orasida chekmaydiganlarga qaraganda o'pka o'smasi 20 marta ko'p uchraydi. Chekuvchi o'z organizmini zaharlashidan tashqari, atrofdagi odamlar sog'lig'i uchun ham katta zarar yetkazadi.

   CHEKISH OQIBATIDA 6.3 MILLION BRITANIYALIK HALOK BO’LDI

So‘nggi yillarda chekish 6,3 mln britaniyalikning hayotiga zomin bo‘ldi. Bu haqda ingliz tibbiy jurnali Edicom ma’lum qildi.Chekish qariyb 42 foiz 35 dan 69 yoshgacha bo‘lgan erkaklar va 15 foiz shu yoshdagi ayollarning o‘limi, 50 yoshlardan o‘tib saraton kasalligiga chalinishiga sabab bo‘lmoqda. Aynan saraton tufayli esa 25 foiz erkak va 15 foiz ayollarning o‘limi kuzatilmoqda. Hozirda Rossiya ham chekuvchilar yurti qatoriga kirgan. U Xitoy, Yaponiya va Amerikadan so‘ng to‘rtinchi o‘rinni egallaydi. Rossiya hukumati butun dunyo sog‘liqni saqlash konventsiyasini ratifikatsiya qilish bilan tamaki mahsulotlariga qarshi kurashishni rasmiylashtirdi. Davlat maslahat kengashi raisi o‘rinbosari Nikolay Gerasimenkoning fikricha, bu Rossiya federatsiyasidagi tamaki ishlab chiqaruvchilarni nazorat ostiga olish uchun qo‘l kelmoqda.

2003 yilda Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti chekishga qarshi kurash konventsiyasini ishlab chiqqandi. Shu konventsiyani yoqlagan davlat 5 yil ichida tamaki reklamalarini keskin cheklashi yoki yo‘qotishi lozim. Tamaki kompaniyalarining sport musobaqalari va madaniy bayramlardagi homiyliklarini taqiqlashi kerak. Bundan tashqari konventsiyaning asosiy maqsadlariga tamaki mahsulotlarining narxini va soliqlarni oshirish; ularning kontrabandasi ustidan kurashni kuchaytirish kabilar kiradi. Chekadiganlar sonini kamaytirish uchun tadbirlar o‘tkazish kerak. Chekishning sog‘liqqa zararli ekanligini ogohlantiruvchi yozuv har bir sigaret qutisida 30 foiz joyni egallashi lozim. Odamlarda yolg‘on taassurot uyg‘otuvchi, mahsulot "zararsiz”, "kam miqdorda smola ishlatilgan”, "engil”, "juda yengil” yoki "yumshoq” degan yozuvlarni qutilaridan olib tashlash zarur.

2005 yil 1 yanvarda bu konventsiyani Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkilotiga a’zo bo‘lgan 192 ta davlatdan 168 tasi yoqladi va 36 ta davlat tasdiqladi. Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkilotining hisob-kitoblariga ko‘ra, har yili 5 million kishi chekish bilan bog‘liq kasallikdan halok bo‘ladi. 2010 yilga borib bu ko‘rsatkich 2 barobarga o‘sadi. Jahon bankining ma’lum qilishicha, davlat mablag‘ining 6-15 foizi shu kasalliklarning oldini olishga sarf etiladi.


Views: 3035 | Added by: AkoshA | Rating: 0.0/0
Total comments: 0
Name *:
Email *:
Code *: