Juma, 19.04.2024, 04:45

"Toshkent Davlat Yuridik Instituti"

TSIL "Law 3"
Bookmark
Kalendar
«  November 2011  »
SuMoTuWeThFrSa
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930
i-Cloud
So'rovnoma
Saytimizga baho bering
Total of answers: 24
Visitors
Statistika

Total online: 1
Guests: 1
Users: 0

Main » 2011 » November » 28 » XXI asrning eng daxshatli terroristik hodisalari
04:50
XXI asrning eng daxshatli terroristik hodisalari

Bundan o‘n yil avval dunyodagi eng daxshatli terrorchilik hujumi sodir etilgan edi. Ha, bu shubhasiz, 2001-yil 11-sentabr voqealari. Bu terrorchilik hodisasi o‘zi keltirgan zarari bilan butun dunyo ko‘z o‘ngida yaqqol gavdalanadi.

Ushbu terrorchilik hujumi nafaqat AQSh iqtisodiyotiga, balki butun jahon iqtisodiyotiga ham o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatmay qolmadi. Xalqaro valyuta fondining (XVF) hisob-kitoblariga ko‘ra ushbu hodisadan ko‘rilgan zarar (mulkning vayron bo‘lishi va sug‘urta kompaniyalarining ko‘rgan zararlari) 21 milliard dollarni tashkil qilgan. Ammo, AQSh Milliy siyosiy tahlil markazining (The National Center for Policy Analysis) ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu terrochilik hodisasi oqibatida vayron bo‘lgan binolar, yo‘qotilgan ish o‘rinlarini hisobga oladigan bo‘lsak, AQSh iqtisodiyoti bundan 100 milliard dollar atrofida zarar ko‘rgan. AQSh savdo vazirligining (Department of Commerce) ma’lumotlariga ko‘ra esa, ushbu raqam 80 milliard dollarni tashkil qiladi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2001-yil 11-sentabr voqealaridan so‘ng AQShda chakana savdo hajmi 2,1 foizga, sanoat korxonalarining buyurtmalari soni 6,8 foizga, sanoat ishlab chiqarishi esa 1 foizga kamaygan, fond birjalarida qimmatli qog‘ozlari kursi keskin tushib ketgan. Eng ko‘p zararni aviakompaniyalar ko‘rgan, ularning to‘g‘ridan-to‘g‘ri zarari 30 milliard dollarga yetgan. Xususan dunyodagi yirik aviakompaniyalardan biri sanalgan "US Airways” deyarli bankrotlik yoqasiga kelib qolgan edi.

Quyida e’tiboringizga "RBK.Reyting” tomonidan tayyorlangan "XXI asrning eng daxshatli terrochilik hodisalari” reytingini taqdim qilamiz.

XXI asrning eng daxshatli terrochilik hodisalari, RBK-2011

1. 2001-yil 11-sentabrda bo‘lib o‘tgan terrochilik hodisasi (9/11) – 11.09.2001 (AQSh)
2. Balidagi terrochilik hodisasi – 12.10.2002 (Indoneziya)
3. Dubrovkadagi terrochilik hodisasi ("Nord-Ost”) – 23.10.2002 – 26.10.2002 (Rossiya)
4. Istanbuldagi terrorchilik hodisasi – 15.11.2003 va 20.11.2003 (Turkiya)
5. Moskva metrosidagi portlashlar – 06.02.2004 va 29.03.2010 (Rossiya)
6. Madriddagi terrorchilik hodisasi – 11.03.2004 (Ispaniya)
7. Iroqdagi bir nechta portlashlar – 24.06.2004 (Iroq)
8. Beslandagi terrochilik hodisasi – 01.09.2004 – 03.09.2004 (Rossiya)
9. Londondagi portlashlar – 07.07.2005 va 21.07.2005 (Buyuk Britaniya)
10. Qaxtoniyadagi portlashlar – 14.08.2007 (Iroq)


 Manba: RBC.ru

Views: 2527 | Added by: AkoshA | Rating: 0.0/0
Total comments: 1
1 AkoshA  
0
surprised

Name *:
Email *:
Code *: