Dushanba, 23.12.2024, 08:48

"Toshkent Davlat Yuridik Instituti"

TSIL "Law 3"
Bookmark
i-Cloud
So'rovnoma
Qaysi futbol klub fanatisiz ?
Total of answers: 59
Visitors
Statistika

Total online: 1
Guests: 1
Users: 0

Каталог файлов

Main » Files » 1 kurs » Davlat va Huquq nazariyasi

Davlat va Huquq nazariyasi (2005) darslik
30.10.2011, 04:08

Darslik davlat va huquq sohasidagi hozirgi zamon ilmiy konsepsiyalarini inobatga olgan holda tayyorlandi. U davlat va huquqni talqin etishdagi an’anaviy yondashuvlar bilan bir qatorda yangi muammolar hamda nuqtai nazarlarni ham qamrab olgan. Shuningdek, unda O’zbekistonda shakllanayotgan demokratik davlatchilik va huquqiy tizim xususiyatlariga oid nazariy xulosalar o’z ifodasini topgan. Davlat va huquqning mohiyati, mexanizmi, funksiyalari va islohotlar davridagi roli jonli tarzda bayon etildi.

Darslik talabalarga, magistrant, aspirant va yuridik oliy ilmgohlar o’qituvchilariga, mutaxassislarga, shuningdek, davlat va huquq masalalariga qiziquvchi barcha kitobxonlarga mo’ljallanadi.




Mundarija

Kirish

I bob. DAVLAT VA HUQUQ NAZARIYASI - UMUMNAZARIY FAN SIFATIDA

1-§. Davlat va huquq nazariyasining o’ziga xos xususiyatlari

2-§. Hozirgi zamon hamda davlat va huquq nazariyasi fani

3-§. Davlat va huquq nazariyasi fani predmetini o’rganish metodlari

4-§. Davlat va huquq nazariyasining ijtimoiy fanlar tizimidagi o’rni va roli

5-§. Davlat va huquq nazariyasi yuridik fanlar tizimida

6-§. Davlat va huquq nazariyasining funksiyalari

7-§. Davlat va huquq nazariyasining o’quv fani sifatidagi tuzilishi

8-§. Insonparvarlik va umummadaniy qarashlar davlat va huquq nazariyasi asoslari sifatida

9-§. O’zbekiston fuqarolik jamiyati huquqini yaratish yo’lida

II bob. JAMIYAT, DAVLAT VA HUQUQ

1-§. Jamiyat haqidagi g’oyalar va tushunchalar

2-§. Diniy, siyosiy va huquqiy qarashlarning paydo bo’lishi va rivojlanishi

3-§. Davlat va huquqning paydo bo’lishi haqidagi dunyoviy ta’limot

4-§. Davlat va huquqning paydo bo’lishi haqidagi markscha-lenincha ta’limot

III bob. DAVLAT TUSHUNChASI, MOHIYATI, BELGILARI VA TIPLARI

1-§. Davlat tushunchasi va mohiyati

2-§. Davlatning asosiy belgilari

3-§. Davlat mohiyati va belgilarini tushunishda yondashuvlar xilma-xilligi

4-§. Davlat tipologiyasi

5-§. Davlatning asosiy tiplari

6-§. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov asarlarida davlat

masalalari

IV bob. DAVLAT SHAKLLARI

1-§. Davlat shakli tushunchasi, uning tarkibiy unsurlari

2-§. Boshqaruv shakli

3-§. Sunniy va shi’a davlat-huquqiy ta’limoti xususiyatlari: boshqaruvning xalifalik va imompik shakllari

4-§. Davlat tuzilishi shakllarining xilma-xilligi

5-§. Siyosiy rejim tushunchasi va turlari

6-§. O’zbekistonda davlatchilikni shakllantirishning o’ziga xos xususiyatlari

V bob. DAVLAT FUNKSIYALARI

1-§. Davlat funksiyasi tushunchasi va tasnifi

2-§. Davlatning ichki va tashqi funksiyalari hamda ularga ta’sir qiluvchi omillar

3-§. O’zbekiston davlatining asosiy funksiyalari

VI bob. DAVLAT MEXANIZMI

Davlat mexanizmi tushunchasi

2-§. Davlat mexanizmi tarkibi

3-§. Davlat organi tushunchasi va belgilari

4-§. Davlat organlari turlari

5-§. Davlat mexanizmida burokratiya va burokratizm

VII bob. HUQUQ HAQIDA TA’LIMOT

1-§. Huquqning tushunchasi va mohiyati

2-§. Huquqni tushunishning umumiy masalalari va ularning amaliy faoliyat uchun ahamiyati

3-§. Huquqqa "normativ" yondashuv - qonuniylik va barqarorlikni ta’minlash vositasi sifatida

4-§. Huquqqa "sotsiologik" yondashuv - ijtimoiy hayotning o’sishini ta’minlash vositasi

5-§. Huquqning psixologik nazariyasi

6-§. Tabiiy huquq nazariyasi (huquqqa falsafiy yondashuv)

7-§. Huquqni tushunishga tarixiy yondashuv

8-§. Huquqni markscha tushunish

9-§. Huquqni tushunishga integrativ yondashuv

VIII bob. HUQUQ PRINSIPLARI VA FUNKSIYALARI

1-§. Huquq prinsiplarining tushunchasi va mohiyati

2-§. Huquq prinsiplarining tasnifi

3-§. Huquq funksiyalari tushunchasi va turlari

IX bob. HUQUQIY ONG

1 -§. Huquq va huquqiy ongning o’zaro bog’liqligi

2-§. Huquqiy ongning tuzilishi

3-§. Huquqiy ong - huquqni takomillashtirish va rivojlantirish omili

X bob. HUQUQ IJODKORLIGI

1-§. Huquq ijodkorligi tushunchasi, turlari va funksiyalari

2-§. Huquq ijodkorligi prinsiplari

3-§. Normativ-huquqiy aktlar -huquq ijodkorligi mahsuli

4-§. Qonun ijodkorligi jarayoni va bosqichlari

5-§. Normativ-huquqiy aktlarning vaqt, hudud va shaxslarga nisbatan amal qilishi

6-§. Normativ-huquqiy aktlarni tizimlashtirish

7-§. Huquq ijodkorligida yuridik texnika masalalari

XI bob. HUQUQNING MANBALARI

1-§. Huquqning manbalari (shakllari) tushunchasi

2-§. Huquqiy odat

3-§. Huquqiy pretsedent

4-§. Normativ-huquqiy aktlar

XII bob. HUQUQ NORMASI

1-§. Huquq normasi tushunchasi

2-§. Huquq normasining tuzilishi

3-§. Huquq normasining turlari va ularning tasnifi

XIII bob. HUQUQIY MUNOSABATLAR

1-§. Huquqiy munosabatlar tushunchasi va turlari

2-§. Huquqiy munosabatlarning sub’yektlari

3-§. Sub’yektiv huquq va yuridik majburiyatlar

4-§. Huquqiy munosabatning ob’yekti

5-§. YUridik faktlar

XIV bob. HUQUQ TIZIMI

1-§. Huquq tizimi tushunchasi va uning tarkibiy qismlari

2-§. Huquqiy tartibga solish predmeti va usuli - huquqni tarmoq va institutlarga ajratishning asosi sifatida

3-§. O’zbekiston Respublikasidagi asosiy huquq tarmoqdarining qisqacha tafsili

XV bob. HUQUQNI TATBIQ Yetish VA QO’LLASh

1-§. Huquqni tatbiq yetish

2-§. Huquqni qo’llash

3-§. Huquqni qo’llash bosqichlari

4-§. Huquqni qo’llash aktlari

Huquqni qo’llash aktlarining turlari

XVI bob. HUQUQ NORMALARINI SharhLASh

1-§. Huquq normalarini sharhlash tushunchasi

2-§. Huquq normalarini sharhlash turlari

3-§. Huquq analogiyasi va qonun analogiyasi

XVII bob. HUQUQIY XULQ-ATVOR. HUQUQBUZARLIK VA YURIDIK JAVOBGARLIK

1-§. Huquqiy xulq-atvor

2-§. Huquqbuzarlik tushunchasi va turlari

3-§. YUridik javobgarlik tushunchasi, turlari va asoslari

4-§. Aybsizlik prezumpsiyasi. YUridik javobgarlikva qilmishning huquqqa xilofligini istisno qiluvchi holatlar

XVIII bob. HUQUQIY TARTIBGA SOLISh MEXANIZMI

1-§. Huquqiy tartibga solish tushunchasi

2-§. Huquqiy tartibga solish mexanizmi va uning unsurlari

3-§. Konstitutsiyaviy-huquqiy tartibga solish

4-§. Huquqiy tartibga solishning ijtimoiy va ruhiy mexanizmi

XIX bob. QONUNIYLIK VA HUQUQIY TARTIBOT

1-§. Qonuniylik va huquqiy tartibot tushunchasi

2-§. Qonuniylikni muhofaza qilish va ta’minlash

XX bob. HOZIRGI ZAMON ASOSIY HUQUQIY TIZIMLARI

1-§. Jahon yuridik xaritasi

2-§. Yhridik tipologaya va tasniflash

3-§. Roman-german huquq oilasi

4-§. Angliya-Amerika huquqiy tizimlari (umumiy huquq oilasi)

5-§. Lotin Amerikasi huquqiy tizimlari

6-§. Skandinaviya mamlakatlari huquqiy tizimlari

7-§. Musulmon mamlakatlari huquqiy tizimlari (islom huquqi)

8-§. Hindiston huquqiy tizimi (hindu huquqi)

9-§. Afrika mamlakatlari huquqiy tizimlari

XXI bob. JAMIYAT, DAVLAT, HUQUQ: ZAMONAVIY RIVOJLANISh TENDENSIYALARI VA ISTIQBOLLARI

1-§. Huquqiy davlatni shakllantirish - hozirgi zamon taraqqiyotining ob’yektiv tendensiyasi

2-§. Huquqiy davlatning tarixiy-nazariy ildizlari

3-§. Huquqiy davlatni shakllantirish

4-§. Xalq hokimiyati rejimini ta’minlashda qonunning roli

5-§. Fuqarolik jamiyati tushunchasi va uni shakllantirish yo’llari

6-§. Davlat, huquq, shaxs

7-§. O’zbekistonda huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini shakllantirishning konstitutsiyaviy asosi

8-§. Huquqiy davlat va hokimiyatlar bo’linishi tamoyshga

9-§. Qadriyatlar tizimida inson huquqlari va erkinliklari

10-§. Davlat va fuqaroning o’zaro mas’uliyati

11-§. Fuqarolik jamiyati va uning tuzilishi



Kirish


Yuridik bilim yurtlarida davlat va huquq masalalari an’anaviy tarzda alohida nazariy fan va o’quv predmeti - "Davlat va huquq nazariyasi" doirasida o’rganib kelinadi. U huquqshunoslik fanlari orasida yaqqol nufuzli mavqega ega. Mazkur fan o’zining metodologik va nazariy asos sifatidagi xususiyatlari bilan butun yurisprudensiya sohasida ajralib turadi.

Davlat va huquq nazariyasi huquqshunoslikning nihoyatda boy, serqirra, shu bilan birga murakkab, sirli olamiga kirishning kaliti bo’lib xizmat qiladi. Huquqiy tafakkur, siyosiy va huquqiy dunyoqarash, ong hamda yuridik madaniyatni shakllantirish, jamiyatdagi davlat-huquqiy voqeliklar xususida muntazam tizimli bilimlar hosil qilish - bu fanning (o’quv kursining) asosiy vazifasidir. O’rganish hamda tadqiqot doirasiga "davlat", "huquq", "qonun", "demoqratiya", "hokimiyat", "siyosat" kabi jozibali, murakkab hodisalarni qamrab oluvchi ushbu fan huquqshunoslikning o’ziga g’oya qomusi sifatida maydonga chiqadi. Qolaversa, u talabalar talqini uchun huquq falsafasi, davlat va huquq sotsiologiyasidek qiziqarli yo’nalishlarni o’zida mujassam etadi. Bir so’z bilan aytganda, huquqshunoslik ilmining umumnazariy zaminini tashkil qiladi.

Insoniyat qadim zamonlardan buyon davlat va huquq masalalariga katta qiziqish bilan munosabatda bo’lib keladi. Davlat hokimiyati hamda huquqiy hayot hodisalari hamma zamonlarda alohida dolzarblik kasb etib kelganligi barchaga ayon. Bu voqeliklar mustaqil O’zbekiston Respublikasi uchun ham nihoyatda muhim ahamiyatga ega. Zero, yangi demokratik davlatchilik binosini barpo etayotgan jamiyatimiz davlat, demoqratiya, huquq, qonunchilik, xalq hokimiyatchiligi, inson huquqlari kabi qator kategoriyalar mazmun-mohiyatini qayta mushohada yetishga muhtoj. Davlat va huquq nazariyasi davlat hamda huquqning vujudga kelishi, rivojlanishi va namoyon bo’lishining eng umumiy qonuniyatlarini ochadi, ularni ilmiy talqin etadi, ilmiy ta’rif va tavsifini yaratadi. Fanning bu funksiyasi biz uchun juda zarurdir.

Biz yaqin o’tmishimizda sinfiy hukmronlikning quroli sifatida davlat haqidagi markscha g’oyani shior qilib olib, bu nazariyani dogmaga, davlat va huquqni esa sinfiy kurash, sinfiy raqiblarni engish vositasiga aylantirgan edik. Mustaqillik tafakkurining mahsuli sifatida bu borada ham yangicha nazariy qarashlar qaror topdi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov talqinida davlat va huquq yangicha tavsifga ega bo’ldi. "Demoqratiya sharoitida, - deb ta’kidlaydi yurtboshimiz, - davlat ijtimoiy qarama-qarshiliklarni zo’rlik va bostirish yo’li bilan emas, balki ijtimoiy kelishuv, xalq ta’biri bilan aytganda, murosai madora bilan bartaraf yetish vositasiga aylanadi.

Huquqning o’ziga esa ijtimoiy hamjihatlik va kelishuvga asoslangan ijtimoiy tartib-intizomga erishish, erkinlik, adolatparvarlik va tenglikni vujudga keltirish vositasi sifatida yondashiladi"1.

Bugungi o’zbek jamiyati o’zi uchun huquqiy davlat, inson huquqlari va shaxs erkinligi, demokratik fuqarolik jamiyati, siyosiy hurfikrlilik (plyuralizm), hokimiyatlar taqsimlanishi, qonun ustuvorligi, mustaqil sud hokimiyati kabi fundamental tushunchalarni qayta kashf etmoqda. Tan olish lozimki, jamiyat ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy hayotini zamonaviy ma’rifiy tamoyillar asosida isloh yetishda davlat va huquq benihoya katta rol o’ynaydi. Shu bois davlat tuzilishi, demokratik siyosiy tuzilishning mavjud bo’lishi, huquqiy munosabatlar oqilona tizimining tashkil etilishi ko’p jihatdan mamlakatimizdagi davlat-huquqiy institutlarning faoliyatiga bog’liqdir.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va ma’naviy islohotlar mustahkam huquqiy zaminga tayangin va qat’iy davlat-siyosiy ta’minlanish mexanizmlariga ega bo’lgan taqdirdagina samarali bo’lishi isbot talab etmaydigan aksiomadir. "Mustahkam huquqiy negiz bo’lgandagina, - deydi I.A.Karimov, - o’zini oqlamagan eski tizimni to’la ishonch bilan qayta qurish, madaniy bozor iqtisodiyotiga ega bo’lgan yangi jamiyat qurish mumkin"2. Ayni vaqtda, davlatning faol tashkilotchilik va ijobiy bunyodkorlik roliga ham alohida urg’u beriladi. "Davlat butun xalqning manfaatlarini ko’zlab, islohotlar jarayonining tashabbuskori bo’lishi, iqtisodiy taraqqiyotning yyetakchi yo’nalishlarini belgilashi, iqtisodiyotda, ijtimoiy sohada va suveren davlatimizning ijtimoiy-siyosiy hayotida tub o’zgarishlarni amalga oshirish siyosatini ishlab chiqishi va izchil ro’yobga chiqarishi kerak"3.

Mustaqillik yillari mobaynida yurtimizda demokratik huquqiy davlat va bozor iqtisodiyotini qaror toptirish yo’lida huquqiy jihatdan ko’pgina ishlar qilindi. Respublikada davlat idoralarining, shu jumladan, huquqiy muassasalarning izchil tizimi shakllantirilmoqda. Demokratik institutlari hayotimizga olib kiruvchi va bozor munosabatlarini ma’rifiy shaklda joriy yetishga imkon beruvchi qonunlar majmui yaratilmoqda. Hozirgi vaqtda yangi iqtisodiy munosabatlarni shakllantiruvchi, demokratik siyosiy tizim tarkibiy tuzilmalarini hamda fuqarolik jamiyati bo’ginlarini vujudga keltiruvchi, inson huquqlari kafolatlari tizimini qaror toptiruvchi, bir so’z bilan aytganda, butun ijtimoiy-siyosiy hayotimizning huquqiy negizini barpo etadigan 300 dan ziyod qonun hujjatlari qabul qilindi. Ayniqsa, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinganligi o’tgan mustaqil rivojlanish davrimizdagi qonun chiqarish faoliyatining gultoji bo’ldi. Konstitutsiya yosh davlatimiz chinakam mustaqilligining buyuk ramzi, yangi ijtimoiy va iqtisodiy munosabatlar dunyoga kelishining mustahkam poydevori bo’lib xizmat qilmoqda.

Davlat va huquq nazariyasi jamiyatimiz hozirgi hayotida (sodir bo’layotgan siyosiy, ijtimoiy, huquqiy jarayonlarni izohlashga, ularning ilmiy talqinini berishga, taraqqiyot qonuniyatlaridan kelib chiqqan holda bu voqeliklarning ijobiy va salbiy xususiyatlarini aniqlashga safarbar etilgan. Fanning Yana bir muhim vazifasi ro’y berayotgan jarayonlarni chuqur tadqiq va tahlil qilib, davlatchilik hamda huquqiy rivojlanishimizning kelgusidagi yo’llarini ilmiy bashoratlashdan iboratdir.

Mazkur darslikni yaratishda mualliflar jamoasi nafaqat mustaqillik yillarida to’plangan davlat-huquqiy tajribamizga, konstitutsiyaviy tamoyillar va nazariy bilimlarga, balki umuminsoniy hamda milliy ma’naviy qadriyatlarga, hozirgi zamonda dunyoda mavjud davlatchilik va huquqshunoslik konsepsiyalariga, shuningdek xalqimizning asrlar osha shakllanib kelayotgan boy huquqiy merosiga ham izchil tayandi. O’zbek davlatchiligi tarixi o’z ildizlari bilan asrlar qa’riga borib taqaladi va uch ming yildan ko’proq davrni o’z ichiga oladi. Qadimiy Turon, Movarounnahr, Turkiston hududida ravnaq topgan davlatlar jahon madaniyatini rivojlantirishda yorqin iz qoldirgan. Biz o’ta noyob huquq yodgorliklariga, benazir ilmiy yuridik merosga egimiz. Bular - "Avesto", Burhoniddin Marg’inoniyning "Al-Hidoya", Abu Iso at-Termiziyning "Dastur-al muluk", Abu Nasr Forobiyning "Fozil odamlar shahri", Alisher Navoiyning "Tarixi muluki Ajam", Amir Temir "Tuzuklari", Nizomulmulkning "Siyosatnoma", Xo’ja Ahmad Yassaviyning "Hikmat", A. Xallofning "Usulul fiqh" asarlari va boshqalardir. Milliy tariximiz, davlatchiligimiz ravnaqi va umumbashariy taraqqiyot rivojiga bebaho hissa qo’shgan alloma ajdodlarimizning huquq va uning jamiyat hayotidagi ahamiyati xususida qoldirgan ilmiy merosi, siyosiy-huquqiy qarashlari har tomonlama o’rganishga munosibdir. Ushbu huquqiy qadriyatlarni bugungi avlod huquqiy tafakkuriga, ongu shuuriga singdirish, sharqona demoqratiya tamoyillari mazmunini tavsiflash va ilmiy asoslashda fanimiz muhim rol o’ynashi lozim.

Davlat va huquq nazariyasy milliy istiqlol mafkurasi mohiyatidan kelib chiqqan holda aholining huquqiy ongini va yuksak huquqiy madaniyatini shakllantirishga, ular faoliyatida qonun ustuvorligi, qonunga hurmat va unga itoatgo’ylik ko’nikmalarini hosil qilishga xizmat qiladi.

Darslik yuridik oliy oquv yurtlari talabalari va huquq asoslarini o’rganayotganlar uchun mo’ljallab yozilgan bo’lib, undan shuningdek sud, prokuratura, milliy xavfsizlik, advokatura, bojxona, soliq, ichki ishlar idoralarining xodimlari va boshqa yurist mutaxassislar foydalanishlari mumkin.

Talabchan kitobxonlar ushbu darslikning sifatini yaxshilash borasida o’z mulohazalarini bildirib, uning keyingi nashrlari Yanada mukammal bo’lib chiqishiga yordam beradilar degan umiddamiz.






Professor H.B.Boboyev

Yuridik fanlar doktori H.T.Odilqoriyev


Category: Davlat va Huquq nazariyasi | Added by: AkoshA | Tags: Davlat va huquq nazariyasi
Views: 23157 | Downloads: 0 | Comments: 22 | Rating: 4.1/10
Total comments: 6
6 KevinQuend  
0
Hello dear friend, I would like to offer placement of your link (or links) on different platforms of the internet such as: forums, blogs, comments and much more. . .

Increase your Visibility Boost Your Seo Rank - Get Organic Traffic From Google. Ranking in Google isn’t hard. All you need is a healthy number of backlinks from referring domains that have authority and trust in Google’s eyes.

This Backlinks Service Benefits:

1. Easily get Google rankings

2. Get a lot of traffic from Google

3. You can earn from the website in different ways

4. Increase Domain Authority (DA)

Quality guaranteed !

PRICE - 10$

WebSite - http://traffic-for-your.site/

5 Halim  
0
skachat qilish qatta

4 h  
0
e

3 ernazar  
-1
Ereke

2 javohir  
0
davlat va huquq

1 Sarvar  
0
Sarvar

Name *:
Email *:
Code *: