Chekilayotgan sigaretadan va chekuvchining nafas
organlaridan ajraladigan tutun tarkibidagi zaharli moddalar atrof-muhit
havosini ifloslaydi va havo bilan atrofdagi odamlarning nafas organlariga
kiradi. Ayniqsa, chekuvchi o'z oila a'zolariga ko'p
zarar yetkazadi. Kuzatishlardan ma'lum bo'lishicha, chekuvchi erkaklarning
xotinlari chekmaydigan erkaklarning xotinlariga nisbatan 4 yil kam umr ko'rar
ekan. Ular,
ayniqsa, o'sma, surunkali bronxitkasalliklari bilan ko'p kasallanadi.
Chekuvchilar oilasidagi bolalar doimo zararlangan havodan nafas olganligi
tufayli ularda nafas organlarining yallig'lanish va allergiya kasalliklari ko'p
uchraydi. Xalqaro Sog'liqni Saqlash Tashkiloti ma'lumotlariga ko'ra, chekish
oqibatida yuzaga keladigan kasalliklardan har yili dunyoda ikki yarim million
kishi halok bo'ladi. Chekish oilaga katta moddiy zarar ham yetkazadi.
CHEKISH ZAHRIDAN YENGIL HIMOYA
Nafas olish a'zolarining normal rivojlanishi, ularni har xiI kasalliklardan muhofaza qilishda gigiyena qoidalariga rioya etish muhim ahamiyatga ega. Buning uchun
avvalo har bir odam yoshlikdan boshlab burun orqali nafas olishga odatIanishi
kerak. Chunki burun shilliq pardasida mayda tukchalar bo'lib, ular havodagi
chang zarrachalari, mikroblar, viruslarni tutib qoladi va ichki nafas
a'zolariga o'tkazmaydi. Bundan tashqari, burun shilliq pardasi bir necha qavatdan tuzilganligi
uchun u juda katta sathga ega (2
m'). Burun shilliq qavatining bunday tuzilishi burun
bo'shlig'i orqali sovuq havo o'tayotganda uning isishiga imkon beradi. Bunday
isigan havo nafas olish a'zolarini shamollashdan saqlaydi. Shuningdek, havo
burun bo'shlig'i orqali o'tganda namlanadi.
Odam yoshligidan, ayniqsa
yurganda, chopganda, jismoniy mashq bajarganda burun orqali chuqur nafas olish
va chiqarishga odatlanishi kerak. Buning natijasida nafas harakatlarida
ishtirok etuvchi qovurg'alararo muskullar va diafragma yaxshi
rivojlanadi,o'pkaning tiriklik sig'imi ortadi. Organizmni turli sharoitda
chiniqtirish, sovuq suvda yuvinish, ochiq havoda sayr qilish va mashq bajarish
kabilar nafas olish organlari kasalliklarining oldini olishga yordam beradi.
Chekishning nafas olish
a'zolariga zararli ta'siri. Chekish eng zararli odatlardan biri hisoblanadi.
Ilmiy tadqiqotlardan ma'lum bo'lishicha, tamaki tutuni tarkibida 3 mingdan
ko'proq zaharli modda bor ekan. Shulardan nikotin, ammiak, karbonat angidrid,
benzol kabilar odam organizmining barcha a'zolariga, jumladan, nafas olish
a'zolariga zaharli ta' sir ko'rsatadi. Masalan, tamaki tutuni tarkibidagi karbonat
angidrid qonning eritrotsitlari tarkibidagi gemoglobin bilan birikib, miya,
yurak va boshqa hayotiy muhim a'zolarning kislorod bilan ta'minlanishini
buzadi.
Tamaki tutuni tarkibida o'sma (rak)
kasalligini yuzaga keltiruvchi 50 dan ortiq kanserogen moddalar bor. Shuning
uchun chekuvchilar orasida chekmaydiganlarga qaraganda o'pka o'smasi 20 marta
ko'p uchraydi. Chekuvchi o'z organizmini zaharlashidan tashqari, atrofdagi
odamlar sog'lig'i uchun ham katta zarar yetkazadi.
CHEKISH OQIBATIDA 6.3 MILLION BRITANIYALIK
HALOK BO’LDI
So‘nggi yillarda
chekish 6,3 mln britaniyalikning hayotiga zomin bo‘ldi. Bu haqda ingliz tibbiy
jurnali Edicom ma’lum qildi.Chekish qariyb 42 foiz 35 dan 69 yoshgacha bo‘lgan
erkaklar va 15 foiz shu yoshdagi ayollarning o‘limi, 50 yoshlardan o‘tib
saraton kasalligiga chalinishiga sabab bo‘lmoqda. Aynan saraton tufayli esa 25
foiz erkak va 15 foiz ayollarning o‘limi kuzatilmoqda. Hozirda Rossiya ham
chekuvchilar yurti qatoriga kirgan. U Xitoy, Yaponiya va Amerikadan so‘ng to‘rtinchi
o‘rinni egallaydi. Rossiya hukumati butun dunyo sog‘liqni saqlash
konventsiyasini ratifikatsiya qilish bilan tamaki mahsulotlariga qarshi
kurashishni rasmiylashtirdi. Davlat maslahat kengashi raisi o‘rinbosari Nikolay
Gerasimenkoning fikricha, bu Rossiya federatsiyasidagi tamaki ishlab
chiqaruvchilarni nazorat ostiga olish uchun qo‘l kelmoqda.
2003 yilda Jahon Sog‘liqni
Saqlash Tashkiloti chekishga qarshi kurash konventsiyasini ishlab chiqqandi. Shu konventsiyani yoqlagan davlat 5 yil
ichida tamaki reklamalarini keskin cheklashi yoki yo‘qotishi lozim. Tamaki
kompaniyalarining sport musobaqalari va madaniy bayramlardagi homiyliklarini
taqiqlashi kerak. Bundan tashqari konventsiyaning asosiy maqsadlariga tamaki
mahsulotlarining narxini va soliqlarni oshirish; ularning kontrabandasi ustidan
kurashni kuchaytirish kabilar kiradi. Chekadiganlar sonini kamaytirish uchun
tadbirlar o‘tkazish kerak. Chekishning sog‘liqqa zararli ekanligini
ogohlantiruvchi yozuv har bir sigaret qutisida 30 foiz joyni egallashi lozim.
Odamlarda yolg‘on taassurot uyg‘otuvchi, mahsulot "zararsiz”, "kam miqdorda
smola ishlatilgan”, "engil”, "juda yengil” yoki "yumshoq” degan yozuvlarni
qutilaridan olib tashlash zarur.
2005 yil 1 yanvarda bu konventsiyani Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkilotiga
a’zo bo‘lgan 192 ta davlatdan 168 tasi yoqladi va 36 ta davlat tasdiqladi.
Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkilotining hisob-kitoblariga ko‘ra, har yili 5
million kishi chekish bilan bog‘liq kasallikdan halok bo‘ladi. 2010 yilga borib
bu ko‘rsatkich 2 barobarga o‘sadi. Jahon bankining ma’lum qilishicha, davlat
mablag‘ining 6-15 foizi shu kasalliklarning oldini olishga sarf etiladi.
|