Bizning yo‘limiz – demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va modernizatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish yo‘lidir Prezident Islom Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 19 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi.
Assalomu alaykum, aziz vatandoshlar!
Qadrli do‘stlar!
Shu kunlarda biz mamlakatimizning yangi tarixidagi qutlug‘ sana – mustaqil, suveren va demokratik O‘zbekiston Respublikasini barpo etish yo‘lida mustahkam poydevor bo‘lib kelayotgan Asosiy Qonunimiz – Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 19 yilligini keng nishonlamoqdamiz.
Avvalambor, mana shu muhtasham zalda to‘plangan siz, azizlarni, sizlarning timsolingizda butun xalqimizni ushbu ulug‘ ayyom bilan chin qalbimdan muborakbod etish va shu imkoniyatdan foydalanib, barchangizga samimiy hurmat va ehti
... Read more »